TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars MEDIA
Bars MEDIA avatar

TGINSIGHT POST

Post #14

@bars_rmedia

Bars MEDIA

Tampilan84Jumlah tampilan
Diposting22 Jan22/01/2025, 09.23
Isi postingan

Isi

Registonda sayyohdan 50 ming soʻragan IIB xodimlari ishdan boʻshatildi Koreyalik sayyoh YouTube'dagi “Deno trip” kanalida Samarqandga qilgan safari haqida video joylagan. Unda sayyoh tarixiy joyga kirish uchun bilet izlab yurganda 2 nafar ichki ishlar xodimini uchratgan. Xodimlardan biri undan 50 ming pul so‘ragan. “Pulni ishlatilmayotgan savat ichiga qo‘yib ketaver”, – degan ikkala xodim ham sayyohga devor orqasida turgan chiqindi qutilarini ko‘rsatib. Video 2024-yilning 14-sentyabrida joylangan. Sayyoh qutiga o‘zbek so‘mlarini qo‘yib ketgan, so‘ngra koreys tilida “Ular pora oldi”, – degan. “Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, Patrul-post xizmati batalyonining ikki nafar xodimi ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etgani uchun xizmatdan bo‘shatilgan”, – deyiladi Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati axborotida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube