TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars MEDIA avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars MEDIA

@bars_rmedia

Berita dan media

"Bars"ning sahifalarida yoritilgan media xabarlar @bars_rasmiy

Pelanggan11Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak17Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini2,694Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 1 dari 2 · 17 postingan

Diposting 2 Feb

Yangi tahrirdagi odob-axloq qoidalari tasdiqlandi. Unga koʻra pedagoglar: bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday shakllaridan himoya qilish va tashkilotda bunday holatlarga bevosita yoki bilvosita guvoh bo‘lgan taqdirda “Inson” ijtimoiy markazi yoki huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish; o‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik; o‘quvchining sha’nini kamsitmaslik, tahqirlamaslik; zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot, tushuntirish ishlarini olib borish; o‘quvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni sinfdoshlar oldida muhokama qilmaslik; o‘quvchini ommaviy izza qilmaslik; chet elga chiqib ketgan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida muassasa rahbariyatini xabardor qilish; o‘quvchining ota-onasi yoki ularning qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatga bormaslik; o‘quvchining psixologik holati, xulq-atvori va ijtimoiy moslashuvidagi o‘zgarishlarga vaqtida e’tibor qaratish; og‘ir hayotiy vaziyat belgilari (oilaviy muammolar, iqtisodiy qiyinchilik, zo‘ravonlik, nogironlik, sog‘liq muammolari va boshqalar)ni barvaqt aniqlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish; giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda unga qarshi keskin kurashish borasida bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish. @bars_rmedia

37 views

Diposting 2 Feb

Urgutda opiy kontrabandasi bilan 2 shaxs uzoq muddatga qamaldi Tergovga maʼlumotlari asosida Zamon.uzʼga koʻra, Urgut tumani Mo‘minobod mahallasida yashovchi 28 yoshli fuqaro 60 yoshli mahalladoshini jinoiy faoliyatga jalb qilgan. https://t.me/bars_rmedia

29 views

Diposting 15 Jan

DXX 2025-yilda 11 ta terrorchilik harakatining oldini oldi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan 2025-yil davomida Oʻzbekistonda va xorijda amalga oshirilishi rejalashtirilgan 11 ta terrorchilik harakatining oldi olingani ma’lum qilindi. Bu haqda DXX rahbari Bahodir Qurbonov 13-yanvar kuni Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida ma’lum qildi. @bars_rmedia

37 views

Diposting 7 Jan

Samarqandda 15 yoshli bolaning nikoh to‘yi bo‘ldimi? Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda 15 yoshli bola uylanmoqda” sarlavhasi ostida videolar tarqaldi. Unda hali voyaga yetmagan bola hamda uning yonida kelin libosini kiygan qiz turgani, shuningdek, boshlovchi tomonidan “kuyov jo‘ralar”ga so‘z berilayotgani aks etgan. @bars_rmedia

1,440 views

Diposting 27 Des

Oʻzbek soʻmini yoqqan xorijiy ishchilarga jarima qo‘llanildi Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Sirdaryo tumanida joylashgan korxonalardan birida faoliyat yuritgan xorijiy ishchilar tamaki chekish jarayonida O‘zbekiston milliy valyutasi — so‘mni yoqqan holatlar aks etgani keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

199 views

Diposting 4 Nov

Samarqandda yog‘ingarchilik oqibatida suv toshgan hududda holat bartaraf etildi

216 views

Diposting 19 Sep

Oliy sud tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan hamda O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxatitasdiqlandi. (2025-yil 2-sentyabr holatiga ko‘ra). 🔰Telegram | Instagram | You Tube

171 views

Diposting 3 Sep

Samarqandda bir guruh shaxslar Zarafshon daryosida noqonuniy qazish ishlarini olib bordi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-son Farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-maydan boshlab Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilgan edi. Shunga qaramay, kuzatuvchilarimiz Samarqand shahrining Qorasuv va Shirin massivlari hududidan oqib oʻtuvchi Zarafshon daryosida noqonuniy qazish ishlari amalga oshirilayotganini videotasvirlar orqali tasdiqlashdi. Fuqarolarning ta’kidlashicha, ilgari ham bu hudud bo‘yicha murojaatlar qilingan, biroq muammo chuqur o‘rganilmagan. “Moratoriy mavjud bo‘lsa-da, ayrim shaxslar noqonuniy faoliyatni davom ettirmoqda. Agar bu safar ham jazo choralari ko‘rilmasa, ish "tanish-bilish" yo‘li bilan yopilayotgani sifatida baholanadi. Shu bois, Bosh prokuraturadan holatni qat’iy o‘rganishni talab qilamiz”, — deya yozadi Ekolog.uz. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

127 views

Diposting 14 Agu

“Afrosiyob” poyezdiga qo‘poruvchilik qilgan temiryo‘lchilar qamaldi 🔰Telegram | Instagram | You Tube

86 views

Diposting 2 Jul

Kusherbayev Samarqanddagi tamaddixonani tanqid qildi Qonunchilik palatasining sobiq deputati, hozirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining maslahatchisi Rasul Kusherbayev Samarqand shahridagi “Блинный домик” nomli oshxonada davlat tilida menyu mavjud emasligi va xizmatlar davlat tilida koʻrsatilmayotganini tanqid qildi. “Boshqa tilda ham beraversin (taomnomani), lekin birinchi oʻzini davlat tilida berishi kerak”, – deya fikr bildirgan Kusherbayev. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

176 views

Diposting 23 Mei

Samarqandda Afrika sher bolasining noqonuniy saqlangani aniqlandi Aniqlanishicha, Samarqand tumanida yashovchi fuqaro sher bolasini dala hovlilardan biriga yashirishga uringan. Hayvon sim to‘sig‘iga bog‘lab ketilgan holatda topilgan. Sher bolasiga birinchi yordam ko‘rsatilib, viloyat kinologiya markaziga joylashtirildi. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng uning sog‘lig‘i qoniqarli ekani aniqlandi. Hozirda u Toshkentdagi yovvoyi hayvonlar pitomnigiga topshirilmoqda. Qonunbuzarlik bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi va tegishli choralar ko‘rish uchun Prokuratura organlariga yuborilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

95 views

Diposting 10 Mei

Kattaqoʻrgʻontumanida 85 yoshli otaxon 511 tup nasha ekkani aniqlandi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 85 yoshli fuqaro o‘z hovlisida 511 tup nasha ekib, parvarishlab kelgani ma’lum bo‘ldi. Bu holat “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida aniqlangan. Ichki ishlar va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumot asosida “Moybuloq” MFYdagi ushbu fuqaroning uyi ko‘zdan kechirilgan. Natijada u yerda og‘irligi taxminan 500 gramm bo‘lgan quritilgan giyohvandlik moddasi ham topilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

81 views
12
SebelumnyaHal. 1 dari 2Berikutnya