TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars MEDIA
Bars MEDIA avatar

TGINSIGHT POST

Post #20

@bars_rmedia

Bars MEDIA

Tampilan127Jumlah tampilan
Diposting3 Sep03/09/2025, 10.24
Isi postingan

Isi

Samarqandda bir guruh shaxslar Zarafshon daryosida noqonuniy qazish ishlarini olib bordi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-son Farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-maydan boshlab Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilgan edi. Shunga qaramay, kuzatuvchilarimiz Samarqand shahrining Qorasuv va Shirin massivlari hududidan oqib oʻtuvchi Zarafshon daryosida noqonuniy qazish ishlari amalga oshirilayotganini videotasvirlar orqali tasdiqlashdi. Fuqarolarning ta’kidlashicha, ilgari ham bu hudud bo‘yicha murojaatlar qilingan, biroq muammo chuqur o‘rganilmagan. “Moratoriy mavjud bo‘lsa-da, ayrim shaxslar noqonuniy faoliyatni davom ettirmoqda. Agar bu safar ham jazo choralari ko‘rilmasa, ish "tanish-bilish" yo‘li bilan yopilayotgani sifatida baholanadi. Shu bois, Bosh prokuraturadan holatni qat’iy o‘rganishni talab qilamiz”, — deya yozadi Ekolog.uz. 🔰Telegram | Instagram | You Tube