TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars MEDIA
Bars MEDIA avatar

TGINSIGHT POST

Post #28

@bars_rmedia

Bars MEDIA

Tampilan37Jumlah tampilan
Diposting2 Feb02/02/2026, 13.50
Isi postingan

Isi

Yangi tahrirdagi odob-axloq qoidalari tasdiqlandi. Unga koʻra pedagoglar: bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday shakllaridan himoya qilish va tashkilotda bunday holatlarga bevosita yoki bilvosita guvoh bo‘lgan taqdirda “Inson” ijtimoiy markazi yoki huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish; o‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik; o‘quvchining sha’nini kamsitmaslik, tahqirlamaslik; zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot, tushuntirish ishlarini olib borish; o‘quvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni sinfdoshlar oldida muhokama qilmaslik; o‘quvchini ommaviy izza qilmaslik; chet elga chiqib ketgan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida muassasa rahbariyatini xabardor qilish; o‘quvchining ota-onasi yoki ularning qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatga bormaslik; o‘quvchining psixologik holati, xulq-atvori va ijtimoiy moslashuvidagi o‘zgarishlarga vaqtida e’tibor qaratish; og‘ir hayotiy vaziyat belgilari (oilaviy muammolar, iqtisodiy qiyinchilik, zo‘ravonlik, nogironlik, sog‘liq muammolari va boshqalar)ni barvaqt aniqlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish; giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda unga qarshi keskin kurashish borasida bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish. @bars_rmedia