Isi
🫨Xaridorlaringizga yetkazmoqchi bo’lgan xabaringizni adaptatsiya qilishga alohida e’tibor bering. Tasavvur qiling, bir reklama kampaniyasini yaratdingiz. Asosiy xabarlarni tayyorlab, endi turli xil reklama kanallarida e’lon bermoqchisiz. «Copy paste» qilib hamma joyda bitta gap, bitta rasm yoki video joylanadimi? Albatta, yo’q. Tajribadan kelib chiqib bemalol aytishim mumkin: har bir kanalingizni konversiyasi balandroq bo’lishi uchun xabaringizni adaptatsiya qilishingiz kerak. Masalan, LED monitorlarda odamlar ko’ra oladigan darajada ovozsiz ro’lik. Qoraqalpoq telegram kanallarida Qoraqalpoq tilida post. SMS’larda qisqa matn, etibor torta oladigan. Saytda maqola yozmoqchi bo’lsangiz, kalit so’zlardan foydalangan holda (google tizimida yuqori o’rinlarda chiqish uchun) va hokazo. Har bir kanalning o'z auditoriyasi va o'ziga xos xususiyatlari borligini unutmasligimiz kerak. Baland ROI barchamizga nasib qilsin! @bolajak_marketer