TGINSIGHT CHAT
Bo’lajak marketolog
@bolajak_marketer
Pemasaran dan iklanKanal muallifi: Shohrux, Evolution motors marketing direktori. Aloqa uchun: @saydshokh
Postingan terbaru
Hal. 1 dari 8 · 88 postingan
Diposting 13 Sep
Choyxona nari tursin, kafeda yig’ilish qiyin bo’lib ketgan bir paytda: @bolajak_marketer
Diposting 13 Jun
🥳Haqiqiy Integrated kampaniyani ko‘rmaganimizga ancha bo‘lgandi. 🧢 Hamma kanallar ishlayapti: Navigator, OOH va hokazo. Hattoki Zafar aka Hashimovni kepkasi ham. Rasmlarini @HappyZK kanallaridan oldim. *Integrated kampaniya — bu yagona g‘oya asosidagi reklama. @bolajak_marketer
Diposting 28 Apr
Mijozlar ketish darajasiga e'tiborli bo'lyapsizmi? Churn rate — ma'lum bir davr ichida sizning xizmat yoki mahsulotingizdan voz kechgan mijozlar ulushini ko'rsatadi. Misol: Oy boshida 1000 ta mijozingiz bor edi. Oyni tugatganda 50 tasi ketdi. Churn rate = (50/1000)*100%=5% Nima uchun mijozlarning ketish darajasi muhim? Agar doimiy mijozlaringiz soni 1000ta bo‘lsa va ketish darajasi birdan X% ga oshsa, marketolog sifatida siz darhol sababini aniqlashingiz kerak: — Mahsulotlar yetishmayaptimi? — Sodiqlik dasturi o‘zgardimi? — Xizmat sifati pasaydimi? va hokazo. Mijozlar ketishi — bu ogohlantiruvchi signal. Uni e’tiborsiz qoldirmang. @bolajak_marketer
Diposting 4 Apr
Akangga qani kango? Menga qani kango? Unga qani kango? Bizga qani kango? Market Yandex Go teaser kampaniyasini davom ettiryapti. Bu safar esa — eski mashhur reklamalarga cosplay! 🔥 Kreativ — 605 agentligi tomonidan 🌟 @bolajak_marketer
Diposting 3 Apr
Bu shunday paketki, onam yuvib, ‘keyin kerak bo‘lib qoladi’ deb saqlab qo‘yardilar. 605 agentligi jamoasi tomonidan Yandex Go marketpleysining ishga tushirilishi sharafiga amalga oshirilgan kreativ. @bolajak_marketer
Diposting 30 Mar
Ehtiyot boʻling, oʻzbekcha kreativ! Texnomart’dan navbatdagi kreativ ish. Xuddi metro vagonlarida yangraydigan gaplarga moslab reklama joylashtirishibdi. Posterning eng tagida yana qoʻshimchasi ham bor: “Yangi muzlatkich, televizor va changyutkichlarga…
Diposting 30 Mar
Ehtiyot boʻling, oʻzbekcha kreativ! Texnomart’dan navbatdagi kreativ ish. Xuddi metro vagonlarida yangraydigan gaplarga moslab reklama joylashtirishibdi. Posterning eng tagida yana qoʻshimchasi ham bor: “Yangi muzlatkich, televizor va changyutkichlarga uyingizdan joy bering”. Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
Diposting 2 Jan
Hamma uchun sovg‘a bor! 🎁 Yangi yil — sovg‘alar bilan barcha yaqinlaringizni, ya’ni amma, pochcha, shef, jigarlarni, okamgilalarni xursand qilish uchun ajoyib fursat. Shunday ekan, 605 agentligi bilan hamkorlikda “Hamma uchun sovg‘a bor” aksiyasini ishga tushirdik. Kampaniya davomida barcha kommunikatsiya kanallari ishga solingan edi: 📺 Televizor 📻 Radio 🌐 Digital 🏬 Savdo nuqtalari 🛣 Tashqi reklama va hokazo ✨ Lekin eng yorqin aktivatsiyamiz — bayramona kortej edi! Video orqali bu ajoyib lahzalarni ko‘rishingiz mumkin.
Diposting 19 Nov
Brendingiz trendlar ortidan "yo‘qolib ketmayaptimi"? Sizda ham shunday savol tug’ilganmi? Loyihalarda ba’zida trendlarga asoslanib kontent yaratamiz, biroq qanchalik bu to’g’ri? Manimcha, trendlarni "copy-paste" qilish brendlar uchun ko’proq zarar keltiradi: 1. Aniq sezgan narsam, brendning o‘ziga xosligi yo‘qoladi. 2. Kuchli brenddan auditoriya foydali va original kontent kutadi, oddiy trendlar emas. 3. Trendlar tez eskiradi. Ular qisqa muddatli bo‘lib, uzoq muddatli brend qiymatini oshirishga xizmat qilmaydi. 4. Trendlar har doim ham brend qadriyatlariga mos kelavermaydi. Noto‘g‘ri trendlar brend imidjiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Nima qilish kerak? 1. Izlanish va original kontent yaratish. Auditoriyani chuqur o‘rganib, ularga haqiqatdan qiziq va foydali bo‘lgan kontent taklif qilish lozim. 2. Trendni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirmasdan, uni brend qadriyatlari va auditoriya ehtiyojlariga mos ravishda talqin qilish kerak. Masalan, Papa John’s Kazakhstan bu yo‘nalishda yaxshi ish olib boradi. 3. Qaysi kontent auditoriyani ko‘proq qiziqtirdi? Qaysi postlar ko‘proq e’tibor tortdi? Bu savollarni muntazam o‘rganib, tahlil qilish. Siz qanday fikrdasiz? @bolajak_marketer
Diposting 12 Agu
💸Bitta yangi mijozni jalb qilish uchun qancha pul sarflayapsiz? Bu savolga CAC (Customer Acquisition Cost) metrikasi yordamida javob topish mumkin. CAC bu nima? Kompaniya bir yangi mijozni jalb qilish uchun qancha xarajat qilayotganini ko'rsatadigan metrikadir. Nima uchun kerak? Marketing kanallarining samaradorligini baholash, byudjetni optimallashtirish va marketing xarajatlarini nazorat qilishga yordam beradi. Misol Agar Facebook reklamasiga $10 sarflanib, 10 ta mijoz jalb qilingan bo‘lsa, va bloger reklamasi uchun $20 sarflanib, faqat 2 ta mijoz jalb qilingan bo‘lsa, CAC birinchi kanalning samaraliroq ekanini ko‘rsatadi. Bu byudjetni qayta taqsimlash va natijalarni yaxshilash imkonini beradi. @bolajak_marketer
Diposting 29 Jul
Assalomu alaykum! Hurmatli _______________________ Sizni aziz kompaniyalaringiz texnomart 16 yoshga to'lganligi munosabati bilan yoziladigan 70% gacha chegirma dasturxonimizga taklif etamiz! Hurmat bilan, texnomart, marketing bo’limi. Manzil: barcha texnomart do'konlari Sana: 1-11-avgustgacha @bolajak_marketer
Diposting 30 Mei
🫨Xaridorlaringizga yetkazmoqchi bo’lgan xabaringizni adaptatsiya qilishga alohida e’tibor bering. Tasavvur qiling, bir reklama kampaniyasini yaratdingiz. Asosiy xabarlarni tayyorlab, endi turli xil reklama kanallarida e’lon bermoqchisiz. «Copy paste» qilib hamma joyda bitta gap, bitta rasm yoki video joylanadimi? Albatta, yo’q. Tajribadan kelib chiqib bemalol aytishim mumkin: har bir kanalingizni konversiyasi balandroq bo’lishi uchun xabaringizni adaptatsiya qilishingiz kerak. Masalan, LED monitorlarda odamlar ko’ra oladigan darajada ovozsiz ro’lik. Qoraqalpoq telegram kanallarida Qoraqalpoq tilida post. SMS’larda qisqa matn, etibor torta oladigan. Saytda maqola yozmoqchi bo’lsangiz, kalit so’zlardan foydalangan holda (google tizimida yuqori o’rinlarda chiqish uchun) va hokazo. Har bir kanalning o'z auditoriyasi va o'ziga xos xususiyatlari borligini unutmasligimiz kerak. Baland ROI barchamizga nasib qilsin! @bolajak_marketer