Isi
Shanba videolari📹 Орёл и Решка. Карантин Ukrainaning “Орёл и Решка” shousi toʻlaqonli sayohatga moʻljallangan. Lekin hozirgi karantin va sayohat sohasi deyarli oʻlgan paytda ular juda qiziqarli format oʻylab topishibdi. Dunyoning turli joylarida qolgan yoki yashaytgan rusiyzabonlar atrofidagi vaziyat haqida oʻzlari video olib yuborishyapti. Biti Italiyada kruiz laynerda qolib ketgan, biri Saudiya Arabistonidagi yagona ayollar va erkaklar birga oʻqiydigan universitetda, biri Fransiyada oilasi bilan uy-mashinada, boshqasi boʻm-boʻsh Venetsiyani koʻrsatyapti. Xullas, videolar juda ajoyib — uyda qolib koʻrgani rosa mos. - Токио, Ориндж, Иерусалим - Ухань, Варанаси, Дубай - Большой выпуск №3 (Италия, Франция, Норвегия, Саудовская Аравия, Япония) Shaharlar va Iqtisodiyot Behzod Hoshimov Kaliforniya Davlat Universiteti Professori Nuriddin Ikromov bilan shaharlar iqtisodiyoti, arzon uylar qurilishi, shaharlarni rejalashtirish, propiska masalasi, ipoteka, oʻyinlar nazariyasi, narxlarning adolatligi va psixologiyani iqtisoddagi tadbirlari haqida suhbatlashibdi. - “Shaharlar va Iqtisodiyot" — Kaliforniya Davlat Universiteti Professori Nuriddin Ikromov Liziqi 李子柒 Artemiy Lebedev orqali topdim buni. Bir xitoylik qiz oddiy uy yumushlarini bajarib, oʻzi va buvisiga har xil gʻamxoʻrlik qilishi haqidagi YouTube-kanal. Millionlab odamlar tomosha qilyapti. - Masalan, bu videoda chigit ekib, ularning koʻchatini kattaroq maydoga ekib, keyin uni yetishtirib, paxtasini terib koʻrpa tayyorlashi haqida: https://youtu.be/hR4DiU8wcVk - Bunisi esa bambukdan mebel tayyorlashi: https://youtu.be/LTejJnrzGPM - Yoki turli quritilgan meva va magʻizlardan shirinliklar qilish: https://youtu.be/FWMIPukvdsQ Umuman, boshqa odamlar qanaqa hayot kechirishini kuzatish men avval tasavvur ham qilolmagan janr. Oʻtgan yili Norvegiyalik amaki haqida ham yozgandim. ASMR Bu — alohida janr. Kengaytmasi inglizchada: Autonomous sensory meridian response (avtonom sezgir meridian javobi). YouTubeʼdagi asosiy kontent — uxlash uchun yordam beradiganlari. Xotinim baʼzida eshitib turadi uyqudan oldin. Bu videolarda odam(lar) turli tovushlar va soʻzlar bilan tomoshabinni uxlashiga yordam beradi. - ASMR 20 Triggers To Help You Sleep ♥ Deyarli boʻsh Nyu-York - Nyu-Yorkning havodan olingan videosi. Imkon boʻlsa 4K sifatda tomosha qiling. https://youtu.be/Pp-o-rZ7ZFc - Boʻshab qolgan Markaziy park, Manhetten: Жизнь во время эпидемии: Центральный парк и пустой мидтаун. —— Bir paytlar Artemiy Lebedev oʻzining jonli jurnalida (LiveJournal, Живой Журнал, ЖЖ) “Ютюб-вечеринка” (YouTube kechasi) degan odatiy post qoldirardi va birinchi darajadagi hamma izohlarda oʻquvchilar YouTubeʼdan turli videolar qoldirishardi. Qiziq format boʻlgan. #youtube@FarLives🌀