TGINSIGHT CHAT
Far·hod·jon
@farhodjon
Edutainmenthttps://linktr.ee/far5n10v Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Postingan terbaru
Hal. 1 dari 49 · 586 postingan
Diposting 8 Apr
Claude Mythos Preview Birinchidan, juda hayron qoladigan trend: Anthropic har ikki oyda oldingisidan yaxshiroq model chiqaryapti. Noyabr oxirida Opus 4.5 chiqqandi. Keyin fevralda 4.6 chiqdi. Yangi Mythos modeli aprelda “chiqyapti.” Boshqa modellardan farqli ravishda, bu model maxsus va birinchi o’rinda dunyoga katta ta’sir qiladigan kompaniyalar va mahsulotlar uchun ishlatiladi. Buning uchun Project Glasswing bir qancha katta kompaniyalarni birlashtirgan: Apple, AWS, Cisco, Google, Linux Foundation, Microsoft, Nvidia va hokazo. Bunaqa jamoani yig’ish uchun model o’ta ishonarli bo’lishi kerak. Anthropic aytishicha, Mythos kiberxavfsizlik bo’yicha zaifliklarni topishga usta: • FreeBSD tizimidagi 27 yillik muammoni topgan • 16-yillik xato esa FFmpeg kodida chiqqan • brauzer va operatsion tizim sandbox’idan chiqolgan. Bunaqa juda kuchli model, albatta, turli ochiq kodli tizimlardan xatolarni topib ulardan foydalanish imkoniyatini ham beradi. Shuning uchun, modelni ishlatishga cheklov bor: keng tarqalgan tizimlar va dasturlar ishlab chiqaradigan kompaniyalarga berilyapti. Menimcha, Mythos’ning chopilgan versiyasi Opus sifatida keyinroq chiqariladi.
Diposting 5 Apr
Agar Claude Code yoki Codex uchun tokenlarni ancha tejaydigan rejim kerak bo’lsa, ularni g’or odamiga o’xshab gapirtiradigan skill/plugin bor. Tokenlarni 75% tejarkan. Manavinaqa uzuuuun javob o’rniga: Sure! I'd be happy to help you with that. The issue you're experiencing is most likely caused by your authentication middleware not properly validating the token expiry. Let me take a look and suggest a fix. bunaqa lo’nda javob beradi: Bug in auth middleware. Token expiry check use < not <=. Fix: Tosh asriga bu yerda qaytamiz: https://github.com/JuliusBrussee/caveman
Diposting 28 Mar
O’zbekcha gapiradigan sun’iy intellekt (yoki robot) nomiga eng yaxshi nomzod: ALOMAT Birinchidan, “Alomat” so’zining boshi “AI”ga o’xshab ketadi. Ikkinchidan, Alomat - birinchi o’zbekcha robot, “Temir xotin” filmidan. Hatto paxta ham tergan.
Diposting 21 Mar
Aytishlaricha, Google yaqinda e’lon qilgan vayb dizayn uskunasi - Stitch - juda zo’rmish. Men sinab ko’rmadim. Lekin yuroqidagi skrinshotga qarab dizayn o’zgarayotganini his qilish mumkin. Bir qancha misollar va tushuntiruvchi videolar bilan bu yerda tanishish mumkin: https://x.com/stitchbygoogle/status/2034332847893574080
Diposting 21 Mar
# Eng yaxshilar Polymarket gamblers threaten to kill me over Iran missile story Polymarket qimorbozlari Eron raketasi haqidagi xabarni oʻzgartirishni talab qilib, jurnalistga oʻlim bilan tahdid qilishmoqda. 1600 ball · 1055 izoh Astral to Join OpenAI Astral Python dasturlash samaradorligini oshirish maqsadida OpenAI kompaniyasiga Codex jamoasi tarkibida qoʻshilishga kelishuvga erishdi. 1446 ball · 879 izoh Austin’s surge of new housing construction drove down rents Ostindagi yangi uy-joy qurilishi koʻpayishi ijara narxlarini pasaytirdi, bu esa boshqa shaharlar uchun namunadir. 802 ball · 988 izoh I'm OK being left behind, thanks Muallif, kriptovalyuta va AI kabi yangi texnologiyalarni erta qabul qilmaslik, balki ularning foydali boʻlishini kutish yaxshiroq ekanligini taʼkidlaydi. 825 ball · 685 izoh Ageless Linux – Software for humans of indeterminate age Ageless Linux Kaliforniya qonunchiligiga qarshi chiqib, foydalanuvchilarning yoshini soʻramasdan dasturiy taʼminotni taqdim etadi. 834 ball · 628 izoh Palestinian boy, 12, describes how Israeli forces killed his family in car 12 yoshli falastinlik bola Isroil kuchlari oilasini mashinada qanday oʻldirganini tasvirlab berdi. 1250 ball · 410 izoh Have a fucking website Muallif biznes yoki ijodkor boʻlsangiz, ijtimoiy tarmoqlarga bogʻlanib qolmaslik uchun shaxsiy veb-saytingiz boʻlishi kerakligini taʼkidlaydi. 936 ball · 523 izoh The American Healthcare Conundrum Ushbu loyiha AQSh sogʻliqni saqlash tizimidagi ortiqcha xarajatlarni aniqlaydi va ularni kamaytirish yoʻllarini taklif etadi. 523 ball · 644 izoh Bill C-22, the Lawful Access Act: Dangerous backdoor surveillance risks remain Kanadaning C-22 qonuni shaxsiy maʼlumotlarga ruxsatsiz kirishni cheklasa-da, ommaviy metadata kuzatuvini kuchaytiradi va xavfsizlik xavfini oshiradi. 1003 ball · 333 izoh How I write software with LLMs Muallif LLMlar bilan dasturiy taʼminotni qanday yozish, arxitektura va sifatni saqlash boʻyicha tajribasi bilan boʻlishadi. 543 ball · 527 izoh #digest04
Hashtags
Diposting 21 Mar
Hacker News Digest Hacker News’ning eng yaxshi (top) muhokamalarini haftada bir marta dayjest sifatida chop etiladigan kanallar qildim. Har bir muhokamaga havola kichik tushuntirish yoki xulosa bilan keltiriladi. Uchta tilda olib boriladi. • O’zbekcha: @HNDigestUZ…
Diposting 9 Mar
Anthropic yaqinda sun’iy intellekt va mehnat bozori bo’yicha tadqiqotini e’lon qildi. Erinmaganlar uchun bu yerda batafsil yozilgan. Katta yangilik yo’q. Haliyam qo’l mehnati qiladiganlarning vazifasi o’zgarishi ehtimoli kam, lekin ishini kompyuterda qiladiganlarniki o’zgaradi. Kasblar emas, vazifalar o’zgaradi. Xuddi avval kod yozgan bo’lsak, endi prompt yozyapmiz (hamma prompt yozadi). Yuqoridagi diagramma qiziq. Qizil soha SI ishlatilayotgan holatlar, ko’k esa to’liq ishlatilishi mumkin ehtimoliy qobiliyati. Bu degani, katta o’zgarishlar haliyam oldinda. Anthropic tavsiyalari: • Ta’lim tizimini isloh qilish. Yangi zamonga hech qaysi davlat tayyormas, menimcha. • Hayot davomida o’rganish. Bilim ishchilari uchun bitta kasb umrning oxirigacha o’zgarmaydi, degan fikr yo’qoladi. • Ijtimoiy tizimni kuchaytirish. Davlatlar bu o’zgarishlardan ko’p yomon ta’sir oladigan qatlamlarni himoya qilishi.
Diposting 8 Mar
Hacker News Digest Hacker News’ning eng yaxshi (top) muhokamalarini haftada bir marta dayjest sifatida chop etiladigan kanallar qildim. Har bir muhokamaga havola kichik tushuntirish yoki xulosa bilan keltiriladi. Uchta tilda olib boriladi. • O’zbekcha: @HNDigestUZ • Inglizcha: @HNDigestEN • Ruscha: @HNDigestRU ⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯ Texnologiyalar bo’yicha butun dunyoning asosiy sayti - Hacker News (HN) haqida hamma eshitgan bo’lsa kerak. Eshitmagan bo’lsangiz, YCombinator asoschisi Paul Graham tomonidan qilingan bu saytda texnologiya, biznes, injenerlik, startaplar va hokazo bo’yicha eng asosiy muhokamalar ro’y beradi. Saytdagi muhokamalarning katta qismi yangilik va boshqa maqolalarga havola. Muallif yoki ixtiyoriy Hacker News foydalanuvchisi manbaga havola qoldiradi va shu yerda muhokama qilinadi. Lekin Show HN, Ask HN kabi maxsus ruknlar bor. Bu yerdagi muhokamalar HN’ning o’ziga tegishli. Masalan, 2007-yilda Dropbox asoschisi mahsulotini aynan Hacker News’da e’lon qilgan. Saytning o’zi bu yerda: https://news.ycombinator.com ⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯ Yaratilgan kanallar Telegram auditoriyasi uchun. Lekin Telegram’ning o’ziga xos cheklovlari bor. Shu sababli, dayjestning har bir soni bir nechta xabar sifatida chop qilinadi: har bir rukn alohida xabar. Yangi soni har hafta shanba kuni chiqadi. Ikkita soni allaqachon tayyor. Har bir muhokamada ham maqolaga, ham HN’ga havola beriladi. HN muhokamasi izohlar soniga bog’langan. Asosiy birinchi xabar esa keyingi ruknlarni ham ko’rsatadi. Fikrlar - izohlarda. Tarqatuvchilarga juda katta minnatdorligim! • @HNDigestUZ • @HNDigestEN • @HNDigestRU @farhodjon#projects#hn_digest
Hashtags
Diposting 2 Mar
Bechora Claude: https://status.claude.com Hammasiga yuqoridagilar aybdor 😁
Diposting 1 Mar
Ko’p token ishlatadigan odamlarga laqab: TOKENXO’R OpenAI oktabrda tokenxo’rlarga mukofot ham bergandi.
Diposting 28 Feb
Yaqingacha “nega dizaynda haligacha ko’p narsa qo’lda?” degan savol bor edi. Masalan, Lovable yoki Figma Make bor, lekin ular prototip qilish uchun yaxshi. Haqiqiy mahsulot qurayotganda dizayn tizimi, to’liq ishlaydigan mahsulotning hamma ekranlari Figma’da va u yerda “qo’lda” dizayn qilish kerak. Lekin birdaniga ikkita uskuna buni o’zgartirmoqchi. Figma birortasini tezda sotib olishi ham mumkin. Paper Bu ham veb, ham desktop ilova. Codex, Claude Code, Cursor va hokazo agentlar orqali lokal MCP serverga ulanib real-taym dizayn qilish mumkin. Vercel, Perplexity, Zed kabi kompaniyalar tomonidan ishlatilyapti. https://paper.design Pencil Bunisi qiziq qilgan: adashmasam, hamma kommunikatsiya lokal saqlanadigan .pen fayli orqali. Ham koding agentlari, ham Pencil shu faylni o’qiydi va unga yozadi. Agent dizaynni o’zgartirayotganda xuddi Figma’da odamlarning kursori yurgandek bu yerda ham nima tahrirlanayotganini ko’rib tursa bo’ladi. https://www.pencil.dev Ikkalasi ham dizaynning kelajagiga o’xshayapti. Sinab ko’ramiz. ――――――――― Qiziq davrda yashayapmiz. Ko’p kasblar har tomonga surilishi aniq. Vercel’ning CEO’si aytishicha: The future of design is… engineering. Happy vibe designing!
Diposting 27 Feb
Ko’pchilik Twitter asoschisi sifatida taniydigan Jack Dorsey keyinroq Square kompaniyasiga ham asos solgan. Square boshqa kompaniyalarni sotib olishni boshlagandan keyin nomini Block deb o’zgartirgan. Hozir Block bir nechta mahsulotlarga ega: Square, Cash App, Afterpay, Tidal va hokazo. Bugun Jack Dorsey kompaniyada ishlaydigan 10 000 ta odamning 4 000 tasi ishdan bo’shatilishini e’lon qildi. Boshqa kompaniyalar turli sabablarni keltirayotganida, Jack ochiqchasiga tan olib aytyapti: Biz yaratayotgan intellektual vositalar va kichikroq, iyerarxiyasiz jamoalar ish yuritishda yangi davrni boshlab berayotganini ko‘ryapmiz. Bu kompaniya qurish va boshqarish mohiyatini tubdan o‘zgartirmoqda va bu jarayon shiddatli tus olmoqda. Aytishicha, ikkita yo’l bo’lgan: oylar davomida asta-sekinlik bilan ishchilar sonini kamaytirish, yoki ochiq tan olib hoziroq qaror qabul qilish. Kompaniya ikkinchi yo’lni tanladi. Menimcha, to’g’ridan-to’g’ri sun’iy intellekt sabab sifatida ko’rsatilgan birinchi layoff. To’liq anons: https://x.com/jack/status/2027129697092731343?s=20 UPD: Covid paytida keragidan ko’p odam ishga olgan ekan. Endi ishchi boshiga 2 mln dollar foyda olishni mo’ljallashyapti.