TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #348

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan769Jumlah tampilan
Diposting18 Apr18/04/2020, 17.57
Isi postingan

Isi

📹Shanba videolari - 2 Filadelfiyaning havodan dron orqali olingan videosi Video juda “tekis” olingan, xuddi oʻyinlarning treyleri yoki 3D-videoni eslatvoradi. Yana Amerika shaharlaridagi tartibni ham koʻrsa boʻladi. - Watch Philadelphia aerial drone footage of COVID-19 quarantine shelter in place, no people/traffic Anton Ptushkin Saudiya Arabistonida Anton Ptushkin yaqingacha juda yopiq, oʻta konservativ boʻlgan Saudiya Arabistoniga sayohat qilgan va u yerdan ajoyib video tayyorlagan. - Саудовская Аравия. Нефть, туризм и большие перемены. Большой Выпуск. Piter Makkinnon Fotograf va blogger Piter Makkinnon fotografiya va film olishga bogʻliq qiziq videolar qiladi. Baʼzida odamlar yuborgan fotolarni tahrirlaydi, baʼzida shu fotolarni boshqa dizaynerlarni yollab yaxshilatadi, baʼzida esa Gollivuddagi maxsus effektlar olingan sahnalarni baholaydi. - Editing YOUR Photos!! - I Paid Photoshop ‘Experts’ to edit this photo better than me - I Paid VFX 'Artists' to edit my green screen footage! - Filmmaker Reacts to CRAZY HOLLYWOOD CAMERA SCENES! Yangi Minecraft Windows 10 uchun chiqadigan Minecraftʼning yangi beta versiyasi NVIDIA grafik videokartalarida ishlaydigan nurlarning izlanishini (ray tracing) qoʻllab quvvatlarkan. Bu oʻyinga avval 3D dasturiy taʼminotlarda soatlab hisoblanadigan (rendering) texnologiyani olib keladi. Yaxshi, lekin Minecraftʼda oʻziga xos piksel-art stilni kamaytiradi. - Announcing the Minecraft with RTX for Windows 10 Beta! Anton Sheyn orzularni amalga oshirish haqida Anton Sheyn qanaqadir buyuk narsa yaratishni orzu qilib oʻtiravermasdan, gʻoyalarni amalga oshirishni boshlash haqida juda qiziq maʼruza qilgan. Hozirda u Yandex qidiruvining art-direktori. - Антон Шеин – Мечтать вредно Qurilmalar Mahsulotlarning videolari ham oʻziga xos qiziq janr. Turli kompaniyalar oʻzlarining mahsulotlarini ommaga qanaqa taqdim qilishi doim menga yoqqan. - Microsoft: Introducing Surface Neo - Apple: iPad Pro — Your next computer is not a computer - Bir paytlar yotvolib tomosha qilgan videolarimdan biri: Microsoft "Surface" - The Possibilities. Bu — 2007-yil, endi iPhone taqdim qilingan paytda! Meni rosa hayron qoldirgan. Umuman olganda, menga Surface planshetlari yoqadi: ham planshetning yaxshi tomonlarini oʻz ichiga olgan, ham toʻlaqonli operatsion tizimga ega. Lekin shu operatsion tizim Windows boʻlganligi meni toʻxtatadi. Avvalgi soni bu yerda: https://t.me/FarLives/346 #shanba_videolari#youtube@FarLives🌀