Isi
📹Shanba videolari - 3 Shaharlarni qanday jozibali qilish mumkin? Videoda shaharni oʻziga tortadigan, toʻgʻri qilish uchun lozim boʻlgan prinsiplar tushuntirilyapti. Masalan, shahar juda betartib ham (hech kim masʼulmas) va keragidan ortiq tartibli ham (zerikarli) boʻlmasligi kerak. Yana shahardagi hayot koʻrinib turishi lozim: faqat mashina va baland binolardan iborat shahar sovuq koʻrinadi. Hokimiyatlarda shaharni rejalashtiradigan odamlarga bervoringlar, iltimos. - How to Make an Attractive City Postmodern Jukebox Skott Bredli ismli pianist tomonidan tashkil qilingan bu musiqa jamoasi zamonaviy qoʻshiqlarni XX-asr boshi stilida kuylashadi. Koʻpincha jazz janrida. Men qanaqadir adashib bularni topib olganimdan beri har zamonda qoʻshiqlarini eshitib turaman. Menga yoqqanlari quyida. Qolganlarini jamoaning kanalida koʻring. - All About That [Upright] Bass - Meghan Trainor Cover PMJ ft. Kate Davis - All About That Bass - Postmodern Jukebox European Tour Version (yuqoridagi qoʻshiqning boshqacharogʻi) - Burn - Vintage '60s Girl Group Ellie Goulding Cover feat. Robyn Adele Anderson - Mr. Blue Sky (Electric Light Orchestra) - Postmodern Jukebox ft. Allison Young Arzamas Rus tilidagi madaniyat tarixiga bagʻishlangan juda ajoyib nashr. Ularning qisqa videolari fikrlashni nisbatan kengaytiradi, tarix haqida qiziqarli ravishda koʻproq maʼlumot beradi. Men maktablardagi tarix fani xuddi shunaqa tushuntirilishini juda xohlardim. Haqiqiysiga mehr bilan ishlangan videolar! Quyida eng foydali videolari, qolganlari kanalida. - Русский язык за 18 минут - Древний Рим за 20 минут - Древняя Греция за 18 минут iPhone SE Markes Braunli turli qurilmalar haqida qiladigan taqrizlar yoqadi. Juda ehtirosga berilmasdan, oddiy tilda tushuntiradi koʻp narsani. - iPhone SE (2020) Review: It All Adds Up! Kremniy vodiysi haqida Yuriy Dud reportaji Menimcha, bu videoni hamma bir-biriga yuborib chiqdi, lekin mabodo, mabodo kimdir koʻrmagan boʻlsa taklif qilaman. Videodagi baʼzi xulosalar bilan bahslashishim mumkin, ammo umuman olganda yaxshi video. Faqat uzoqroq: 3 soatgina. - Как устроена IT-столица мира / вДудь Enjoykin Bu odam baʼzi ommaviy videolarni qoʻshiq bilan klipga aylantiradi. Juda original. Videolarga qoldirilgan izohlar — 👍 Videolarining tagida originallariga havola bor. - Enjoykin — Идущий к Реке - Enjoykin — Космос Будет Наш Avvalgi soni bu yerda: https://t.me/FarLives/348 #shanba_videolari#youtube@FarLives🌀