TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #363

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan485Jumlah tampilan
Diposting9 Mei09/05/2020, 09.16
Isi postingan

Isi

📹Shanba videolari - 4 Microsoft qurilmalari Kompaniya oxirgi vaqtlar juda zoʻr rivojlanyapti va mahsulotlari ham odamni qiziqtiradigan. Microsoft bemalol Apple, Google, Sony, Slack va hokazo kompaniyalar bilan bemalol raqobat qiladigan kompaniyaga aylandi. Shu hafta taqdim qilgan qurilmalarining dizayni ham, videolari ham yaxshi. Hatto bulutli platformalar sohasida ham Amazonʼdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Yagona oqsayotgan tomoni — oʻzining smartfoni yoʻq. Lekin bu ketishida keyinroq Android yoki Windows asosida Surface Phone chiqarishi ham ehtimoldan holi emas. - Microsoft Surface Go 2 — kichikroq va narxi atigi $399 boʻlgan planshet-noutbuk. - Microsoft Surface Book 3 — toʻlaqonli noutbuk. MacBook Pro kabilar bilan raqobat qiladi. - Microsoft Surface Earbuds — simsiz naushniklar. Hozir deyarli hamma qurilma ishlab chiqaruvchilar AirPodsʼga raqobatchi chiqaryapti. Bu qurilmalarni Chaqmoq FMʼning keyingi sonida muhokama qilamiz. Robot kamera Ilya Birman kanalidan oldim: Markes Braunli robot kameraning taqrizini tayyorlabdi. Hozir juda katta sifatda va juda tez oladigan kameralar ommaviylashayotgandek tuyulyapti. Oskar taqdimotidagi Bred Pittning videosiga koʻpchilikning koʻzi tushgan boʻlishi kerak. Videolar oʻziga xos effektli chiqadi. Birinchi video Markesdan, qolganlari Kol Valizer ismli operator ishlari. - Dope Tech: Camera Robots! - Brad Pitt is the coolest guy on the GlamBOT! - Best of Glambot: 2020 Grammys - Best of Glambot: 2020 Golden Globe Awards The Last of Us Part II Bu 2013-yilda chiqqan, juda koʻp geymerlar tomonidan yuqori baholangan, taʼsirchan oʻyinning ikkinchi qismi. Konsollarini sottiradigan oʻyin, degan termin bor. The Last of Us — shunaqa oʻyin. Oʻyin parazit qoʻziqorin mutatsiya boʻlib odamlarga tarqagan, ular zombiga aylangan dunyoda ikki qahramonning sarguzashtlari haqida. Ikkinchi qismi 19-iyunda chiqadi. Birinchi video — treyleri, ikkinchisi — yangi qismi taqdimotidagi auditoriyaning reaksiyasi. - The Last of Us Part II | Story Trailer | PS4 - The Last of Us Part II - Reveal Reactions Inside XBox Yana oʻyinlar haqida. Yuqorida aytganimdek, Microsoft tobora boshqacha. Yangi avlod konsollari raqobatiga yaxshi tayyorgarlik koʻryapti bu safar. Shu hafta ular Xbox Series X deb nomlangan yangi konsoliga chiqadigan oʻyinlarni koʻrsatishdi. - First Look Xbox Series X Gameplay Ves Anderson Bu rejissorning filmlarini yoqtiraman. Juda. Ayniqsa bularni: “Grand Budapesht” mehmonxonasi, Itlar oroli, Oʻxshashi yoʻq mister Foks. Ves Andersonning filmlaridagi kadrlar, sahnalar, yozuvlar, kameraning oʻtishlari, hikolayash kabilar juda ustalik bilan ishlanadi. Masalan, u kabi simmetriyani yaxshi koʻradigan rejissorni topolmaysiz. KinoPoisk turli kino odamlari haqida yaxshi videolar qilyapti soʻngga paytlarda. - Как снимает Уэс Андерсон Avvalgi soni: https://t.me/FarLives/353 #shanba_videolari#youtube@FarLives🌀