TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Andijon viloyatida ochilgan texnopark haqidagi maqolada tasodifan devorga chizilgan illyustratsiyaga koʻzim tushdi. Biror rassom vaqt sarflab oʻylab topganiga koʻzim yetmadi va Googleʼning rasmlar qidiruvidan “UI vs UX” deb izladim. Birinchi sahifadayoq “UI vs UX — The Yin & Yang of Product Design” nomli maqola va undagi illyustratsiya chiqib keldi. Bizning bechora noʻnoqlar shuni ham eplab koʻchirolishmagan. “Qoʻli qiyshiq” rassom perspektivani, soyalarni, chiziqlarni, odamlarning fiziologiyasini va eng asosiysi — “UI vs UX” yozuvini buzib qoʻyaqolgan. Bunaqa nusxa olishda originalga sal boʻlsa ham hurmat bildirish lozim. Kulgili. #dizayn@FarLives🌀