Isi
Elon Maskning SpaceX kompaniyasi ikkita astronavtni Xalqaro fazo stansiyasiga (XFS) uchiryapti. 2011-yildan beri astronavtlar XFSga Rossiyaning “Soyuz” kemalarida uchishgan. Endi SpaceX kompaniyasining Crew Dragon nomli fazo kemalari yordamida ham uchish yoʻlga qoʻyilyapti. Bugungi parvoz muvaffaqiyatli boʻlishiga juda katta umid qilamiz. YouTubeʼdagi jonli efir: https://youtu.be/rjb9FdVdX5I Bu fazoni oʻrganishdagi juda muhim qadam. Shu paytgacha fazoni oʻrganish, asosan, turli davlatlarning maqsadlariga siyosat va harbiy ehtiyojdan kelib chiqib qoʻshilgan. SpaceX esa aniq maqsadga ega boʻlgan xususiy kompaniya: Marsni kolonizatsiya qilish. Elon Maskka ham ishonsa boʻladi; katta maqsadlar qoʻyib ularni amalga oshiradigan, butun insoniyat kelajagiga hissa qoʻsha oladigan odam. Bundan tashqari, bu va boshqa xususiy kompaniyalar fazoni isloh qilishni asta-sekin arzonlashtirib boryapti: katta yukni orbitaga olib chiqish, yukni orbitaga olib chiqishdagi birinchi bosqichni qayta yerga (platformaga) qoʻndirish kabi. Xullas, bu SpaceX uchun kichik qadam, lekin butun insoniyat uchun katta sakrash. #fazo#kosmos