Isi
📹Shanba videolari - 5 Sony PlayStation 5 Sal kechga qolgan “Shanba videolari”ning bu sonini haftaning asosiy anonsi — Sony PlayStation 5 bilan boshlayman. Bu yil oʻyin konsollarining joriy avlodi (PlayStation 4, XBox One, Nintendo Switch) tugayapti. Joriy avloddagi gʻolib, albatta, PlayStation 4 boʻldi. Sony oʻyin konsoli uchun yaxshi oʻyinlarni taqdim qiloldi. Yangi avlod uchun Microsoft ham qiziq oʻyinlarni chiqaradi, lekin odatda, XBox uchun chiqariladigan oʻyinlar konsol uchun eksklyuziv boʻlmaydi: kamida shaxsiy kompyuterlarda paydo boʻladi keyinroq. Sony oʻzining ekskyuzivlarini yangi konsol uchun davom ettiryapti. Xullas: - Sony kompaniyasining taqdimoti bu yerda (1 soatdan koʻproq): FULL Sony PS5 Future of Gaming Reveal Event - The Verge nashri tayyorlagan qisqaroq (22 minut) video: Playstation 5 event in 22 minutes (hardware + games) - Rus tilida Anton Logvinov strimi: Презентация PlayStation 5 - С русским переводом. Будущее игр. Horizon 2 и другие. Unreal Engine 5 May oyida Epic Games kompaniyasi oʻzining Unreal Engine deb nomlangan oʻyin yaratish uskunasining (“game engine”, “игровой движок” soʻzlarining oʻzbek tiliga aniq tarjimasini bilmayman) yangi versiyasidagi imkoniyatlarni koʻrsatdi. Ushbu videoga qarab yagona olinadigan tassurot: yaqin orada kinolardagi va oʻyinlardagi grafika sifati bir xil boʻladi. Avvallari kompyuterda soatlab hisoblanadigan yorugʻlik tarqalishi hozirgi videoxarita va yangi avlod konsollarida real vaqtda hisoblanyapti. - PS5 Unreal Engine 5 Tech Demo Turli usulda tuxum pishirish Oxirgi paytlarda ovqat pishirishga qiziqishim koʻpaygan. Miyani dam oldiradigan juda qiziq mashgʻulotga aylandi. Yangi retseptlarni oʻrganishning asosiy vositasi — YouTube. Quyidagi videoda tuxumni turli usullarda pishirish koʻrsatilgan. Umuman, Tasty yaxshi koʻrsatmalar qiladi. - How To Cook Perfect Eggs Every Time Moskva metrosi qanday qurilgan “MASTER КЛАСС” kanali Moskva metrosining qurilishi va tuzilishi haqida yaxshi videolar tayyorlabdi. Shahardagi jamoat transporti va ozroq shaharsozlikka qiziqadiganlar uchun foydali video. Harqalay, Moskva metrosi katta, murakkab, oʻziga xos tizim. - Как строилось московское метро? - Строительство метро / Как создавалась схема? - Метро будущего / Строительство тоннелей Lo-fi hip-hop, deep house, chill-out music Soʻnggi paytlarda baʼzida kechroq (tunda) biror narsaning ustida ishlasam yoki biror mavzuga chuqurroq kirishimga toʻgʻri kelsa, YouTubeʼda cheksiz davom etadigan radiolarni eshitaman. YouTubeʼdagi bu videolarda tasvir muhimmas, musiqasi esa odamga xalaqit bermaydigan. Koʻpida takrorlanib turuvchi videolar qoʻyilgan boʻladi. Shulardan baʼzilari quyida. - coffee shop radio // 24/7 lofi hip-hop beats - lofi hip hop radio - beats to sleep/chill to - lofi hip hop radio - beats to study/relax to 🐾 - 24/7 Live Radio | Best Relax House, Chillout, Study, Running, Gym, Happy Music Sarlavhadagi kalit soʻzlar orqali izlaganda YouTubeʼda yana bir qancha videolar chiqib keladi. Avvalgi soni: https://t.me/FarLives/363 #shanba_videolari#youtube@FarLives🌀