Isi
📹Shanba videolari - 6 (yakshanbagisi) Bugun ushbu ruknning kechikkan qismi chiqyapti. Asosiysi, chiqyapti 😅 Chegaralar yopiq boʻlganda sayohat Anton Ptushkinga barakalla (videolari yaxshi). Pandemiya va karantin paytida yolgʻiz sayohat qilishni vatanidan boshlagan. Bir qismi Ukrainaga toʻgʻri keladigan Karpat togʻlariga sayr qilib qiziq bir video tayyorlagan. Avvalo, soʻzsiz olingan video Liziqi videolariga oʻxshaydi (spoyler: oxirida gapiradi). Juda ajoyib. - Путешествия с закрытыми границами Kreyg Adams Anton aytishicha, u Kreyg Adams videolaridan ilhom olgan. Kreyg shunaqa soʻzsiz videolar tayyorlaydi: ularda Kreyg biror togʻli hududga piyoda koʻtariladi. Masalan, Islandiyadagi videosini 3 milliondan ortiq tomosha qilishgan. - Hiking 60 Miles Alone in Hornstrandir Iceland - Hiking 80 Miles Alone on the Torres Del Paine Trail in Chile - First Time in Japan Nikolay Ironov Artemiy Lebedev studiyasi dizayn bilan shugʻullanuvchi sunʼiy intellektni eʼlon qilishdi: bir yil davomida u 20 ga yaqin loyihalarda ishtirok etgan. “Ekspress dizayn” orqali chiqarilgan va turli shov-shuvlarga sababchi boʻlgan dizaynlarning koʻpini shu sunʼiy intellekt qilgan. Bu dizaynda qiziq yoʻnalishning boshlanishi boʻlishi mumkin. - Saytida: https://www.artlebedev.ru/ironov/ - Николай Иронов WWDC 2020 Apple kompaniyasi 24-iyunda boshlangan konferensiyasida oʻzining operatsion tizimlarining yangi versiyalarini taqdim qildi. Asosiy katta oʻzgarishlar iOS va macOS operatsion tizimlarida. Bundan tashqari, Apple Mac kompyuterlarida oʻzining chipini ishlatishni boshlarkan. Bu yilgi taqdimot avvalgilaridek sahnada tomoshabinlar bilanmas, deyarli boʻsh kompaniya kampusida oʻtkazildi. Yaqinda Chaqmoq FM podkastida bu haqida batafsil gaplashamiz. - WWDC 2020 Special Event Keynote — Apple - Apple WWDC 2020 keynote in 18 minutes Cyberpunk 2077 geympleyi Vedmak oʻyinining ijodkorlaridan yangi, kiberpank janridagi oʻyin. Juda koʻp odam intizorlik bilan kutyapti. Bu hafta CD Projekt Red studiyasi 25 minutlik geympleyini koʻrsatdi. Oʻyindagi shahar — ajoyib. Aytgandek, oʻyinda Gollivud xalq artisti — Keanu Rivz ham ishtirok etgan. - CYBERPUNK 2077 NEW Gameplay Demo 20 Minutes 4K Hayayo Miyadzaki Ushbu rejissyorning animatsion filmlari orqali men anime dunyosi bilan tanishganman. Deyarli har bir filmi qanaqadir samimiy, mehribon, bolalar oʻzini kattalardek, kattalar bolalardek tutadigan, yapon mifologiyasi va zamonaviy-kelajak texnologiyalarini birlashtirgan, stimpank elementlari qoʻshilgan. Hayayo Miyadzaki — filmi Oskas mukofotini olgan yagona yapon anime rejissyori. Menga eng yoqqan filmlari: “Laputa: osmondagi qasr”, “Shamol kuchayyapti”, “Yuruvchi qasr”, “Ruhlar olib ketganlar”, “Mening qoʻshnim Totoro”. - Как снимает Хаяо Миядзаки - The Philosophy of Miyazaki – Wisecrack Edition Omon boʻling! ✌️ Avvalgi soni bu yerda: https://t.me/FarLives/380 #shanba_videolari#youtube@FarLives🌀