TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #393

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan453Jumlah tampilan
Diposting11 Jul11/07/2020, 08.52
Isi postingan

Isi

📹Shanba videolari - 7 Ingliz tili lahjalari Hamma tilda boʻlganidek, ingliz tilida ham juda koʻp lahjalar bor. Odatda, ona tili ingliz tili boʻlmaganlar uchun britancha va amerancha lahjalar koʻproq maʼlum. Lekin aslida AQShning oʻzida ham koʻplab lahjalar mavjud. Masalan, birinchi videoda 67 ta lahjada turli gaplar talaffuz qilingan! Meril Strip esa aktrisa sifatida imitatsiyaning yuqori choʻqqisiga erishgan. - The English Language in 67 Accents & Random Voices - ONE language, THREE accents - UK vs. USA vs. AUS English! - The Many Voices of Meryl Streep Learn English with Papa Teach Me Bunisi esa kanal. Ingliz tilini ikkinchi yoki uchinchi til sifatida oʻrganuvchilar uchun tilning baʼzi asoslarini yaxshi tushuntiradi. “Ingliz tilini ona tilidek gapirish” deb nomlangan ruknidagi videolar rosa foydali. - Stop Saying "I'm Fine" - Speak English Like a Native! - 10 MOST COMMON Grammar Mistakes English Learners Make - 10 Different Ways to Say "Thank you!" In English! - Stop saying "I Don't Know!" - Speak English like a Native! - MAKE or DO? Learn English English with Lucy Bu ham ingliz tilini oʻrganuvchilar uchun foydali kanal. Yuqoridagi kabi baʼzi maslahatlari ingliz tilidan foydalanishni ancha boyitishi mumkin. - DO NOT say "you're welcome"! Respond to "thank you" PROPERLY! - DO NOT say "how are you?"! Ask the question PROPERLY! - DO NOT SAY 'Can you repeat?' or 'I don't understand' - ask for repetition in this BETTER way! mmmEnglish Yuqoridagi lahjalar haqidagi videoda chiqqan qiz. Bu kanalda ham ingliz tilini oʻrganuvchilar uchun qiziqarli videolar bor. - Lesson 1 - Speak English Clearly! The Imitation Technique - DON'T SAY "SORRY!" | Better English vocabulary | How to Apologise - Confusing English Verbs: SAY | TELL | TALK | SPEAK Virginia Bēowulf · English Studies Bunisi rus tilidagi kanal. Qisqa qilib ingliz tilining turli oʻziga xosliklarini tushuntiradi. Masalan, “Uzuklar hukmdori” filmida Gendalf “You shall not pass” degan gapni aytadi. Birinchi videoda aynan shu “shall” va “will” farqi yaxshi tushuntirilgan. - Почему WILL не заменит SHALL: главная разница и зачем нужен SHALL в английском - TO FEAST или TO FIST? Долгий и краткий звук /i/ – косяки русского акцента и английское произношение - ПОЧЕМУ ВЫ НЕ СМОЖЕТЕ ГОВОРИТЬ КАК НОСИТЕЛЬ (почему не получится избавиться от русского акцента) 18+ - Артикли английского, которые не преподают в школе: AN, THE, NO, THEM, ONE – правил употребления нет? Mentalitet degan tushuncha yoʻq aslida, faqat anʼanalar degan tushuncha mavjud Kiro Altman oʻzining “Alter Ego” nomli loyihasida Oʻzbekistonning buyuk rassomlaridan biri — Bobur Ismoilov bilan gaplashibdi. Ancha oldin chiqqan bu intervyu odamning fikrlashini ancha kengaytiradi, shaxsiy qarashlarini yaxshilab oʻylab koʻrishga undaydi. Insonning miyasi, odatda, masalaning faqat bir tomonini koʻradi. Bunaqa odamlar esa boshqa bir qancha tomonlarini ham ochib beradi. Tavsiya qilaman. - «Нет такого понятия, как „менталитет“, есть такое понятие, как традиции» Jo Rogan podkasti Jo Rogan turli odamlar bilan oʻtirvolib uzoq gaplashadi. Aynan shu podkastda Elon Mask nasha chekkandi 😀 Podkastning eng mashhur epizodlarini YouTubeʼdagi kanalida koʻrish mumkin. Lekin men Naval Ravikant bilan qilgan suhbatini juda foydali deb bilaman. Umuman olganda, Naval odamning hayotdagi oʻz oʻrnini topish, boylik va pul, baxt aslida tanlovligi haqida juda yaxshi yozadi. Masalan, “Qanday boy boʻlish (omadli boʻlmasdan turib)” deb nomlangan mavzusi Twitterʼda rosa mashhur boʻlgan va dono fikrlarni yozgan. - Joe Rogan Experience #1309 - Naval Ravikant Omon boʻling! ✌️ #shanba_videolari#youtube@FarLives🌀