Isi
📹Shanba videolari - 8 Drondan olingan videolar Bu ruknning 1-sonida deyarli boʻshab qolgan Nyu-York videosini qoʻygandim. 2-sonida esa karantindagi Filadelfiya haqida video bor edi. Umuman, dronlardan olingan, tekis, sokin videolar odamga yaxshi hordiq chiqarishiga yordam beradi. Quyida men topgan va koʻrgan bir qancha dron yordamida tasvirga tushirilgan videolar. Bitta pleylistga tiqib qoʻyib kattaroq televizorda maza qilib tomosha qilsa boʻladi. Ayniqsa, hozirgi hamma uyiga qamalib, sayohatlar yeb qolgan paytda. - Xorvatiya - Gavayidagi Oahu oroli - Italiyadagi Chinkve-Terre sohili - Dolomit togʻlari (buyam Italiya) - Norvegiya - Fuji togʻi kuzda (Yaponiya) - Shotlandiya Shaharlarda piyoda sayr Yuqoridagi videolarga oʻxshash janr: bunisida kamerani olib shunchaki turli koʻchalardan piyoda yuriladi. Ayniqsa, Tokio, Nyu-York kabi shaharlarda yomgʻir ostida olingan videolar qanaqadir odamni sokinlashtiradi. - Yomgʻirli Tokio - Tokiodagi Shibuya koʻchasi - Nyu-York yomgʻir ostida - Nyu-Yorkdagi Markaziy park - Bangkok - Istambul Yaxshiroq shaharlar qurishning 7 prinsipi Shaharlarni faqat mashinalarni hisobga olib qurish eskirgan gʻoya va yangi tajribalar koʻproq odamlar ommaviy transportdan foydalanadigan, piyoda yoki velosipedda yuradigan yoʻnalishda ketyapti. Videoda AQShning oʻrtacharoq juda tarqoq va Xitoydagidek juda zich shaharlar qurishning salbiy tomonlari aytilyapti. Umid qilaman, bizning shaharlarda ham toʻlaqonli piyodaga topshiriladigan koʻchalar paydo boʻladi. - 7 principles for building better cities | Peter Calthorpe Omon boʻling! ✌️ #shanba_videolari#youtube@FarLives🌀