TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #412

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan529Jumlah tampilan
Diposting20 Jul20/07/2020, 17.35
Isi postingan

Isi

Trotuarlarda velosiped yoʻlaklari — axmoqona fikr Gazeta.uz nashrida shaharsozlik boʻyicha ikkita zoʻr maqola chiqdi. Biri hovlilardagi mashinalar haqida (bu haqida men ham yozgandim), ikkinchisi yaqinda qurilishi boshlangan velosiped yoʻlaklari haqida. Gazeta.uzʼning “Ташкент Мечты” deb nomlangan loyihasi juda foydali, qiziqarli chiqqan. Afsuski, oʻzbek tilida shaharsozlik boʻyicha shunaqa yaxshi surishtiruv va maqolalar kam. Velosiped yoʻlaklari boʻyicha meni eng qiziqtirayotgan savol: nega ular qurilishi kerak? Men oʻzimga taxmin qilaman: 1. Shunchaki kimdir “bizdayam boʻlishi kerak”, degani uchun. 2. Yuqoriga “mana shuncha kilometr velosiped yoʻlaklari qurdik”, deb maqtangani. 3. Shu taklif orqali choʻntaklarni boyitgani. Eʼtibor bersangiz, maqsadlar orasida sogʻlom aql bilan oʻylangan va qingʻirliklarsiz amalga oshiriladigani yoʻq. Mana u maqsadlar: 1. Mashinadanmas, velosipeddan foydalanish sogʻlomroq turmush tarzi hisoblanadi. Velosipedda odam jismonan kuch sarflaydi. 2. Velosipedlar shaharga turli zararli gazlar chiqarmaydi. Yana bir qancha ijobiy sabablarini topish mumkin, lekin shu bilan cheklanaman. Endi hokimiyatga haqiqiy savollar: - Agar biz odamlarni mashinadan koʻra velosipeddan koʻproq foydalanishini targʻib qilayotgan boʻlsak, nega aynan piyodalarning yoʻlini (trotuarlarni) qisqartiryapmiz? - Hokimiyat va masʼul tashkilotlar yillar davomida eplab trotuarlarni mashinalardan himoya qilolmayapti, endi u yerga velosipedlarniyam tiqishtirish kerakmi? - Shuncha pul sarflanayotgan velosiped yoʻlaklaridan hech kim foydalanmasa, buni samarasiz qurgan odamlar jazolanadimi? Chunki, xalq pulini shunchaki sarflayotgan odamlar javobini berishi kerak. - Hokimiyat Germaniyaning Planungsbüro VAR+ byurosini jalb qilgan ekan, nega ularning takliflari inobatga olinmayapti? Bilmadim bu byuroga qancha pul toʻlangan, qanchasi shu byuroga yetib borgan. - Nega hadeb axmoqona qarorlar chiqaraveriladi? Dunyo tajribasi bor, shularni shundoq olib ishlatsa boʻldi. Yoki hokimiyatda Googleʼdan foydalanishni bilmaydigan odamlar xalqning puliga oylik olyaptimi? - Trotuarlarda qancha daraxtlar bor, shularni kimdir oʻyladimi? Shunaqa holatlarni koʻrib oʻylab qoladi odam: bu hokimiyatda ishining ustalari ishlaydimi yoki hamma diletantmi? Xuddi boshqa sohadan tasodifan kelib qolgandek… “Hokimiyatga taklif” degan maqolamda koʻchalarni qanday yaxshilash boʻyicha yaqqol misol keltirgandim. Shuni yana keltiraman. Tasavvur qilamiz, quyidagi birinchi fotodagi koʻcha Oʻzbekiston shaharlaridagi koʻchaga oʻxshab ketadi. Shu koʻchani rivojlantirishda piyodalar xavfsizligi, ommaviy transportdan foydalanish qulayligi, velosiped yoʻlaklari, koʻkalamzorlashtirish hisobga olinyapti va koʻcha ikkinchi fotodagi koʻrinishga kelyapti. Eʼtibor bering, trotuarga hech kim tegmadi. Unda qoʻshimcha daraxtlar va kafelarning tashqarisida verandalar paydo boʻldi. Tamom. Hokimiyat bir qanaqadir shubhali yangi narsalarni oʻylab topgandan koʻra odamlarga yordam qilish uchun eʼtibor va pulni trotuarlarni tuzatishga sarflagani maʼqul: 1. Trotuarlarni qurish va saqlash boʻyicha yagona, dunyo talablariga javob beradigan standart ishlab chiqish. 2. Shu standart asosida yangi trotuarlarni qurish, eskilarini yangilashda ham qoʻllash. 3. Aholi standartlarga mos kelmagan yoki buzilgan joylarni hokimiyatga yuborish va tuzatilishining ochiq mexanizmi. Ana keyin boshqa mavzularga asta-sekin oʻtsak boʻladi. Mavzular esa juda koʻp. Agar shahar haqida yozayotgan maqolalarim haqida izohlaringiz, ijobiymi-salbiymi fikrlaringiz boʻlsa — oʻrtoqlashing. Har qanday fikr mavjud boʻlishga haqli. #shahar@FarLives🌀