TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #420

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan613Jumlah tampilan
Diposting5 Agu05/08/2020, 14.41
Isi postingan

Isi

Fasadlarga (binoning tashqi qismi) bogʻliq yana bir muammo — konditsionerlar. Birinchidan, birinchi qavatda joylashgan konditsionerlarning koʻpi piyodalar qarab “puflaydi”. Bu kamida juda yoqimsiz. Hatto Korzinka.uzʼga oʻxshagan tarmoqlarda ham asosiy eʼtibor magazinning ichiga kirgan odamlarga qaratilgan va tashqaridagilarga “tupurilgan”dek. Ikkinchidan, konditsionerlarni tartibsiz joylashtirish va simlarining osilib turishi fasadni juda buzadi. Hatto 70-80 yillik binolarning ham tashqarisiga koʻr-koʻrona oʻrnatib tashlangan. Xuddi bu binolarda arxitektura va dizaynni qadrlamaydigan odamlar ishlaydigandek. Har bir xonadon har xil odamlarga tegishli uylarni tushunsa boʻladi. Lekin nega bitta bino bitta tashkilotga tegishli boʻlganda konditsionerlarni tomga yoki hovliga oʻrnatib yaxshiroq tizim qilinmaydi, hayronman. #shahar#dizayn@FarLives🌀