TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #433

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan765Jumlah tampilan
Diposting30 Agu30/08/2020, 17.47
Isi postingan

Isi

📹 Shanba videolari - 9 Anchadan beri bu kanalda videolar bilan boʻlishilmadi. Buni tuzatish vaqti keldi, yakshanba boʻlishiga qaramasdan. Hayvonot olami Ikkita video. Birinchisida dengiz qisqichbaqalarining (crab, краб) chigʻanoq almashish jarayoni. Bular hammasi bir joyga yigʻilib chigʻanoq oʻlchamiga qarab navbatga turvolisharkan. Ajoyib! - Amazing Crabs Shell Exchange Ikkinchi videoda esa bechora deyarli koʻrinmaydigan koʻk erkak baliq urgʻochi baliqning eʼtiborini tortish uchun sanʼat asarini yaratadi (oxirigacha koʻring) 😍 - Puffer Fish Constructs A Masterpiece of Love Mars 4K formatda Marsning yuqori sifatdagi fotosuratlarini koʻrib shu oʻzimizning Yerdagi qanaqadir choʻllarni eslaydi odam. Lekin baribir ancha keng fikrlaganda odamzodga qanaqadir umid beradi ular. - New: Mars In 4K XIX asr oxiri — XX asr boshidagi videolar yuqori sifatda Rossiyalik Denis Shiryayev eski, hozirgi kunda sifati past hisoblanadigan videolarni olib, ularni Machine Learning ishlatadigan turli usullar yordamida 4K sifatdagi va sekundiga 60 ta kadrli videolarga aylantiradi. Masalan, aka-uka Lumyerlar tomonidan 1896-yilda olingan “La-Syota vokzaliga poyezd kelishi” videosini sifatini koʻtarilgani ancha shov-shuv boʻlgandi: - Arrival of a Train at La Ciotat (The Lumière Brothers, 1896) Keyinroq esa turli shaharlarning eski videolari ustida ishladi: - A Trip Through New York City in 1911 - Moscow, Tverskaya Street in 1896 - San Francisco, a Trip down Market Street, April 14, 1906 Denisning Denis Sexy IT nomli kanalini ham tavsiya qilaman. Yandexʼning avtonom mashinasi Yandex soʻnggi paytlarda ancha yaxshi kompaniyaga aylanib boryapti (avval ham yaxshi edi, endi ancha yaxshi). Kompaniyaning oʻzi avtonom ravishda yuradigan mashinalar uchun texnologiyasi mavjud. Adashmasam, Innopolisda ular test qilinadi. Quyidagi videoda esa Michigan shtatining Enn-Arbor shahrida (odamlar yashaydigan haqiqiy shahar) haydovchisiz mashinaning yurishi tasvirga olingan. - Yandex 1-hour autonomous drive in Ann Arbor, Michigan reMarkable 2 Qalamli Kindle. Planshetlarning kichik ukasi: bildirishlarsiz, chalgʻitadigan ilovalarsiz va faqat oʻqish va yozish uchun fokus qilingan. Kindle kitoblarni almashtirsa, reMarkable qogʻozning oʻzini almashtirishni taklif qilyapti. Qiziq(roq). - Introducing reMarkable 2 — the paper tablet Yana Microsoft videolari Microsoft kompaniyasi ham soʻnggi paytlarda ancha ijobiy tomonga oʻzgardi. Ayniqsa, dizaynga hozir qilayotgan eʼtibori tahsinga sazovor. Tayyorlayotgan videolarining faqat vizual tomonimas, ovoz dizayni ham zoʻr. Quyida yangi videolari. Estetik zavq olish va didni oshirish uchun tavsiya qilinadi. Instagramʼda ham kuzating — videolar olinishi haqida qiziq detallarni berib borishadi. - The new Microsoft icons: diverse and connected - The Future Vision of Microsoft 365 Omon boʻling! ✌️ #shanba_videolari#youtube@FarLives🌀