Isi
📹Shanba videolari - 10 Bir kuni Toshkentda Ruscha-oʻzbekcha olingan bu video Oʻzbekiston va oʻzbek tilidagi segment uchun juda unikal. Qanaqa gʻalati tuyulmasin, qisqa metrajli filmda ishtirok etgan odamlar oʻrtacha oʻzbek kinosidagi aktyorlardan oʻlsa oʻligi ortiq. Hikoyaning baʼzi qahramonlarining original talaffuzi va soʻzlashuv uslubi qoldirilganiga ham tasanno. Nega soʻkinib gapiradigan odamlar kinolarimizda birdaniga sunʼiy odoblilarga aylanishi kerak, tushunmayman. - Однажды в Ташкенте (Короткометражный фильм, 2020) Aleksey Navalniy videolari Siyosiy mavzularni kuzatmaslikka harakat qilaman: baʼzida, natijasiga taʼsir oʻtkazishim ehtimoli kam narsalarga keragidan ortiq eʼtibor sarflashim mumkin. Buni boshqarish esa mening qoʻlimda. Lekin yaqinda Navalniyning ikkita videosini koʻrib odamlarning (ayniqsa, amaldorlarning) ochkoʻzligini baʼzida cheki boʻlmasligini tushunasan. Bundoq oʻylab qarasa millionlab odamlarning taqdiri sening qoʻlingda, tarixda yuzlab yil seni eslab yuradigan ishlar qilishing mumkin. Lekin atrofidagi ogʻaynilari va qarindoshlari bilan parazitdek xalq puliga yopishvolganlarni tushunish qiyin. Harqalay, Rossiya bizga nisbatan ochiqroq va sal boʻlsayam demokratiya ishlaydigan davlat. Oʻzbekiston bilan solishtirish qiyin, lekin umumiy oʻtmishimiz va nisbatan madaniyat va fikrlashdagi oʻxshashliklardan kelib chiqib shunaqa holatni bemalol kutish mumkin. - Томск в плену у депутатской мафии - Взятки. Дворцы. Самолёты. За что продали народ Татарстана Shaxsga sigʻinish Gohida Turkmaniston yoki Shimoliy Koreya haqida aytib kulamiz-ku, lekin sal atrofga qaralsa bizda ham shaxsga (ayniqsa, predizentga) sigʻinishga rosa urinishni kuzatish mumkin. Ilya Varlamov Turkmanistondagi shaxsga sigʻinish haqida qiziq video tayyorlabdi. Shundoq qoʻshnimiz haqida 🙂 - Культ личности в Туркменистане. Диктаторы, у которых снесло крышу: Бердымухамедов и Туркменбаши Lucid Air — Tesla raqobatchisi Hozir biz avtomobil sohasida revolyutsiyani kuzatyapmiz: avtomobillar aqllilashishi va yoqilgʻining nisbatan ekologik variantlaridan foydalanish. Bu revolyutsiya 10-15 yil davom etadi, menimcha. Masalan, Norvegiya 2025-yildan boshlab hamma avtomobillar yoqilgʻisiz boʻlishini maqsad qilgan. Avtomobillar ham asta-sekin xuddi smartfonlardek gadjetga aylanadi: asosiy qismlari oʻzgarmaydi, lekin uning bir qancha imkoniyatlarini dasturiy taʼminot orqali boshqarish mumkin boʻladi. Lucid Motors rejalashtirayotgan Lucid Air modeli ham juda boshqacha: bir nechta ekranlar, smartfon orqali boshqarish, odamning yuzidan tanish, bir avtomobil boshqasiga quvvat berishi 😱 va hokazo. 80 000 AQSh dollaridan boshlanadi narxi. - Lucid Air Turli narsalar tayyorlanish jarayonlari Baʼzi qoʻlda tayyorlanadigan uskuna yoki jihozlarning jarayonini koʻrib hayron qolaman. Shuncha mehnat va mehr. Quyidagi videolarda: Damashq pichogʻi, moʻgullar kamoni, Xitoy (Yixing) choynagi va oxirida turli choynaklarning sifatini oʻlchash. - The Birth Of A Tool. Part III. Damascus steel knife making (by Northmen) - Mongolian sinew backed bow - The delicate making of Yixing clay teapot, also known as purple sand teapot - The Differences In Quality Of Teapots That Are Available Is Amazing! @FarLives#shanba_videolari#youtube