Isi
📹Shanba videolari - 11 Karl koʻprigi qurilishi Chexiya poytaxti Pragada qadimiy Karl koʻprigi mavjud. Koʻprikning nomi uning qurilishini boshlagan qirol — Karl IV bilan bogʻliq. Koʻprik qurilishi XIV asr oʻrtasida (1357-yil) boshlanib XV asr boshidagacha davom etgan. Ushbu videoda shu koʻprik qurilishi va texnologiyasi koʻrsatilgan. Qoyil qolish kerak. https://youtu.be/nJgD6gyi0Wk Boston Dynamics robotlari Markes Braunli xuddi boshqa texnikalarga taqriz qilgandek Boston Dynamics kompaniyasining Spot robotiga taqriz tayyorlagan. Robot AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqlarida sotiladi va narxi 75 000 AQSh dollari atrofida. https://youtu.be/s6_azdBnAlU MIT (Massachusetts Institute of Technology) esa bemorlarning hayotiy koʻrsatkichlarini kontaktsiz olish uchun shu robotlarni sinayapti. https://youtu.be/0YvSdbwh41I Va avval kimdir koʻrmagan boʻlsa, Boston Dynamicsʼning boshqa modellari odamga oʻxshab yurishi, turli toʻsiqlardan oʻtishi, sakrashi (ham oldga, ham orqaga) va boshqa amallarni bajarishi mumkin. https://youtu.be/uhND7Mvp3f4 Appleʼning “sahna ortidan“ videolari Apple Watch soatlarida ekranga oʻrnatiladigan maxsus “yuzlar” (faces) mavjud. Odatda ularda turli grafika va koʻrsatkichlar aks etadi. Baʼzi yuzlarda esa fonda turli animatsiyalar paydo boʻladi: masalan, olov yoki suv. Bir qaraganda shu animatsiyalarni kompyuterda tayyorlangan, deb hisoblash mumkin. Lekin ular haqiqiy video sifatida olinarkan! https://youtu.be/aK7KPw9bLfI Bundan tashqari, Apple yangi iPhone chiqarganda uning kamerasi imkoniyatlarini koʻrsatish uchun Behind the Scenes (sahna ortida) nomli tajribalar koʻrsatadi. Bular ham xuddi kompyuter grafikasidek, lekin ushlab koʻrsa boʻladigan materiallardan ozgina fizika va kimyo bilan tayyorlanarkan. Fire & Ice - https://youtu.be/dJyd_zgr2WE Dark Universe - https://youtu.be/r7mB7BBWLcQ AQShning milliy parklari AQSh hukumati va xalqining juda katta yutuqlaridan biri — ular XIX asr oxiridayoq yovvoyi va umuman tabiatni saqlab qolishga juda katta eʼtibor berishgani. Mana hozir mamlakat fuqarolari dam olish yoki faol xordiq chiqarish uchun joylar yetarlicha. Yerlar tortiq qilinayotgan va pulning orqasidan quvilayotgan XXI asr Oʻzbekistoni bilan solishtirib boʻlmaydi. Videoda AQShdagi 25 ta milliy parklar haqida. https://youtu.be/zTBmv-Gzf2w The Люди Anton Lyadov tanlaydigan joylarning hammasiga ham havas qilib boʻlmaydi: Shimoliy Koreya, Venesuela, Moʻgʻuliston, Meksika va hokazo. Boshqa Anton — Ptushkin videolari bilan solishtirib boʻlmaydi: Lyadov videolari xuddi oddiy videoblogdek tasvirga olingan, xavfli joylar, turli faktlar va shu joylarda yashaydigan odamlar fikrlari. Dunyoga boshqacharoq qarash uchun tavsiya qilinadi. Самый опасный город мира l Венесуэла - https://youtu.be/hCMyf2ri0is Реальная жизнь в Северной Корее - https://youtu.be/ZpUKJ6-LMI8 Пустынные города Монголии - https://youtu.be/yledeLW7w3s Дубай. Обратная сторона / Трущобы и Заброшенные острова - https://youtu.be/bD9hyqx-BMk GMC Hummer EV Hammer pikap (pickup) mashinalarini koʻpchilik biladi. Oʻziga xos, koʻpincha turli film yoki oʻyinlardagi notinch joylarda koʻrsatishadi. Shu mashinaning yangi, faqat elektr energiyasiga yuradigan modeli juda zoʻr: shunchaki videoni koʻring. Keyingi yildan boshlab chiqadi. Narxi 112 000 dollar. Arzonroq modellari keyingi yillardan chiqarilarkan. https://youtu.be/MjMhZKmHKGk @FarLives#shanba_videolari#youtube