Isi
Amerikada tezlik cheklovlari Amerikada avtomobil tezligi uchun cheklovlar shtat yoki hudud tomonidan qo'yiladi - butun mamlakat uchun yagona cheklov yo'q. Lekin nisbatan umumiy ishlatiladigan cheklovlarni payqash mumkin: 35 mil/soat (56 km/soat) - shahardagi "o'rtacha" ko'chalarning ko'pida shu cheklov qo'yilgan. 10-20-30 mil/soat (16-32-48 km/soat) - mahalla va maktab hududlari, piyodalar ko'p uchraydigan maxsus hududlar. 40 mil/soat (64 km/soat) - nisbatan kengroq va avtomobil to'g'ri harakat qiladigan ko'chalar (bunaqa ko'chalar soni yuqoridagilardan kam). 40-70 mil/soat (64-112 km/soat) - piyodalar kutilmaydigan va tezlikka mo'ljallangan trassalar. Bu trassalarda svetofor ham kam uchraydi. Qo'shiladigan va chiqib ketadigan oqim alohida xavfsiz yo'ldan foydalanadi. Lekin yo'llardagi xavfsizlikni oshirish faqat tezlikni boshqarish bilan cheklanmaydi: avtomobil oqimini tinchlantirish uchun boshqa usullar ham ishlatiladi. Masalan: - yo'lning eni kichraytiriladi (toraytiriladi); - yo'nalish egiladi (to'g'ri katta yo'lda odam tabiiy ravishda tezlikni oshiradi); - piyodalar xavfsizligi uchun turli to'siqlar qo'yiladi; - tasodifiy to'qnashuvlarning oldini olish uchun infrastruktura yaxshilanadi. Tezlikning yo'ldagi halokatlarga aloqasi muhim. AAA Foundation (1947-yilda tashkil qilingan) izlanishlariga ko'ra, 2018-yilda o'lim bilan yakunlangan to'qnashuvlarning 68 foizida tezlik 40 mil/soatdan (64 km/soat) yuqori bo'lgan. Tezlik 25 mil/soatdan (40 km/soat) kam bo'lgandagi o'limlarning foizi - 12%. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining 2016-yil hisobotiga ko'ra, AQShda 100 000 odamdan 12.4 kishi yo'l hodisalarida halok bo'lgan. Shu ko'rsatkich O'zbekiston uchun 11.5 (kamroq). Quyidagi foto AQSh Transport Departamentining “Tezlik cheklovi asoslari” qo'llanmasidan. @FarLives#transport#amerika