TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #583

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan873Jumlah tampilan
Diposting25 Mar25/03/2023, 17.03
Isi postingan

Isi

Amerikada haqiqiy pochta juda muhim: davlat bilan bo’ladigan aloqa, marketing materiallari, jurnallar haligacha pochta orqali. Boshida yuqoridagi fotodagidek xat olganimda hayron bo’lgandim: “bular tayyor karta chiqarib menga yuborishdimi”, deb. Lekin bu marketing va anavi karta shunchaki kartondan yasalgan xolos. Shunaqa xatlar ba’zida ichida konvert bilan keladi: taklif yoqsa, 1-2 ma’lumotni tayyor qog’ozga yozib, konvertga solib yuboriladi - tamom. Boshqa holatlar: - Haydovchilik guvohnomasiga test topshirilgandan keyin 2-3 hafta ichida guvohnoma pochtadan keladi. - Mashinani ro’yxatdan o’tkazgandan keyin mashina raqami 1-2 haftada pochtadan keladi. - Nyu-Yorkda metro kartasida qolgan pulimni so’raganimda pochtadan qog’oz chek oldim. - Birinchi yil soliq hisoboti topshirilganda katta konvertda bir qancha qog’oz pochtadan yuboriladi. - Bir marta mobil ilovada kredit kartaga ko’proq limit so’raganimdan 3-4 kun o’tib bank “uzr, limitingizni oshirolmaymiz” degan javobni pochtadan yuboribdi! - Bankdan hisob ochilgandan keyin kartalar pochta orqali keladi. Yana bir fakt: 2021-yilda AQSh pochta xizmati (USPS - United States Postal Service) 77 milliard dollar daromad olgan va deyarli 5 milliard dollar zarar qilgan. @farhodjon#amerika