TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #591

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan1,130Jumlah tampilan
Diposting10 Jun10/06/2023, 03.59
Isi postingan

Isi

Spider-Man: Across the Spider-Verse O’tgan hafta bolalar bilan shu filmga tushdik va anchadan buyon, deyarli 2,5 soat o’tkazilgan vaqtdan film orqali bunchalik zavq olmagandim. Film tezda IMDB Top 250 ro’yxatida 8,8 reyting bilan 11-o’ringa (avvalgisi 66-o’rinda) chiqishga ulgurgan. Film - ZO’R! Lekin men bu yerda filmning ikkita tomoni haqida qisqacha to’xtalmoqchiman: vizual va animatsiya. Vizual tomondan so’nggi 20-25 yilda Pixar studiyasi qurgan yo’l deyarli hamma studiyalar tomonidan foydalanilgan: animatsion film to’laligicha uch o’lchovli grafikada qilinadi, personajlar klassik animatsiyadagi kabi cho’ziluvchan, grafika esa texnologik tomondan asta-sekin yaxshilanib boradi (fotorealizm). Masalan, Pixar’ning so’nggi filmlaridagi ba’zi sahnalarni real fotolar bilan adashtirish mumkin. Lekin Spider-Verse qilgan o’zgarishlar: uch o’lchovli va ikki o’lchovli (+chiziladigan) animatsiyani aralashtirish, komiks stili zo’r ishlatilganligi, kadrlar tezligi film davomida o’zgarib borishi, odamlarning “noto’g’ri” fiziologiyasi va animatsiyasi, ko’zni aldaydigan detalsizlashtirish va hokazo. Bularning ko’pini boshlab bergan artist - Alberto Mielgo esa Netflix’ning “Love, Death & Robots” serialidagi eng o’ziga xos seriyalarini qilgan. Quyida havola qilingan video bularni to'laqonli tushuntiradi. Endi esa Dreamworks, Pixar va boshqa katta studiyalar ham animatsion filmlaridagi vizual yo’nalishni o’zgartirishni boshladi va bu yaxshi: ko’z zavq oladigan animatsiya va ijodiy har xillik ko’payadi. Filmni ko’rganimdan keyin birinchi qilgan ishim “Как Into the Spider-Verse украли у создателя” videosini ko’rish bo’ldi. Film haqida juda yaxshi video. Keyingi qilgan ishim esa Amazon’dan filmning kitobini (art book) sotib oldim. Yuqoridagi foto shu kitobdan. @farhodjon#kino#film#art