Isi
2020-yilda asos solingan HeyGen startapining maqsadi - brauzer orqali kamera-mikrofonlarsiz video tayyorlash. Hozir Midjourney, Stable Diffusion va hokazolar orqali ommaviylashgan Generative AI (GenAI) toifasiga kiradi. Avgust oyining boshida shu startap yangi imkoniyatni qo’shdi: video tarjimon. Ixtiyoriy videoni olib kerakli tilga muallifning ovozini qoldirgan holatda tarjima qilish mumkin. Birinchi videoda turli mashhur odamlar boshqa tillarda o’zlarining ovozi bilan “gapiryapti.” HeyGen tilga qarab videodagi mimikalarni ham o’zgartiradi. Tarjimon, ovoz dyublaji va hokazolar shundoq qo’l ostida. https://labs.heygen.com/video-translate Ikkinchi videoda sinov uchun kun.uz’dan ixtiyoriy yangilikni olib inglizcha avatar bilan “gapirtirdim.” Video uchun turli tillardagi ovoz yoki avatar tanlash mumkin. Qisqaroq videolar uchun zo’r uskuna. Ba’zi video turlari uchun tayyor shablonlar ham bor. Rus tilidagi memlarni ingliz va boshqa tillarga tarjima qilib bo'lishdi😄 O’zbek tilini esa tushunmadi. Kelajak kelib bo’ldi... @farhojdon#ai