Isi
OpenAI 20-sentabrda rasmlar generatsiya qiladigan DALL-E modelining uchinchi versiyasini e’lon qildi. Keyinroq ChatGPT va Bing Chat’larga integratsiya qilinadi. Lekin hozirdan boshlab Bing Image Creator orqali turli fotolar yaratish mumkin. Modelning uchinchi versiyasidagi katta o’zgarishlardan biri - “prompt”ni oson “tushunishi.” Hozirgi ko’p modellar berilayotgan matndagi ko’p detallarni tushirib qoldirishi mumkin va bu odamlarni “prompt engineering” bilan shug’ullanishiga olib keladi. DALL-E 3 bilan esa natijaga osonroq erishish mumkin. Yaqinda Instagram’da turli davlatlarning mahalliy Coca-Cola bankasining dizaynlariga ko’zim tushgandi. Ular Midjourney bilan generatsiya qilingan. Men esa o’zbekcha Coca-Cola bankalarini DALL-E orqali generatsiya qildim va ular, menimcha, yomon chiqmadi. Menimcha, o'zbekcha dizaynlarda bayroq ko'p ishlatiladi, shunga bayroqli kola ham bor ichida. Qiziqqanlar uchun bu prompt’larni ishlatdim: - Coca cola can but designed for Uzbekistan using national patterns - Coca cola can but designed for Uzbekistan using national patterns. Do not use the flag. Be inspired by some ceramic dishes designed in Uzbekistan. - Coca cola can but designed for Uzbekistan based on cotton patterns used on ceramic dishes @farhodjon#ai#design