Isi
Ask vs guess culture Yaqinda, ancha avval o’rgangan narsamga yana qayta duch keldim va menimcha, bu mavzuni tushunish ko’pchilikka foydali bo’ladi. Madaniyatlarni ikki xil turga bo’lish mumkin: so’rov madaniyati va taxmin madaniyati. Ingliz tilida nisbatan yaxshiroq usulda aytsa bo’ladi: ask culture, guess culture. So’rov madaniyatida(ask culture) odamlar biror narsani so’rashi uchun chuqur kontekst kerakmas. Savol yoki iltimos ko’p ham o’ylanmasdan boshqa tomonga berilaveradi. Rozi bo’lish yoki rad qilish o’sha tomonning mas’uliyati. Va bu madaniyatdagi odamlar “yo’q”ni normal qabul qilaveradi. Taxmin madaniyatida (guess culture) odamlar so’rashdan oldin bir qancha narsalarni hisobga oladi va narigi tomon rozi bo’lishi ehtimoli katta bo’lgandagina so’raladi. Bu madaniyatda rad qilinishi ehtimoli katta iltimoslar qilinmaydi, chunki, “yo’q”ning oldini olish bu odamning mas’uliyati, narigi odamningmas. Bizda (va o’zimda) ko’proq taxmin madaniyati kuchliroq, deb hisoblayman. Lekin so’rov madaniyati tomonga harakat qilish hayotni ancha soddalashtiradi va ko’p holatlarda tezroq qaror chiqarishga yordam beradi. Va albatta, to’xtamasdan so’rayverish ham boshqa tomonga yaxshigina noqulaylik tug’diradi - hamma narsada muvozanat muhim. - Askers vs. Guessers - Ask vs guess culture @farhodjon#culture