Isi
ChatGPT rasmlarni tushunishi yangi-yangi g’oyalarni amalga oshiryapti. Biror interfeysdan skrinshot berib, UX bo’yicha yaxshi maslahatlar so’ralganda ChatGPT yaxshi takliflar beryapti. Prompt’ni o’zgartirib yana-da aniqroq maslahatlar yoki tayyor kod yozib berishiga ham erishish mumkin. Yana bir misol Twitter’dan: kalendardan skrinshot olinadi va ChatGPT’ga juda aniq prompt beriladi - “kalendarda faqat eng katta ta’sir ko’rsatadigan faoliyatlarni qoldir, aniqlashtirish uchun savollar ber…” va ChatGPT bir nechta savollar berib mos kalendar qilib beradi. Yaqinda taxlanib turgan kitoblarimning rasmini olib, ChatGPT’ga “bu yerdagi kitoblarni ro’yxatini qilib ber va ichidan o’qish shart bo’lganini tanla”, deyishim maqsadga erishishga yetarli bo’ldi. Yoki inglizcha nomini bilmagan narsaning fotosini yuborib, “bu nima va buni qanday tuzatish mumkin?” deb so’rash ham yetarli - o’zi tushuntirib beradi hammasini. Bunaqa misollarni ko’p keltirish mumkin, albatta. Avval soatlab vaqt sarflanadigan faoliyatlarga endi minutlarda erishilyapti. @farhodjon#ai#chatgpt