Isi
Google yaqinda Midjourney bilan raqobat qiladigan rasm generatorini chiqardi - ImageFX: https://aitestkitchen.withgoogle.com/tools/image-fx Berayotgan rasmlari Midjourney’niki kabi juda sifatli bo’lmasligi mumkin, lekin bu mahsulot ikkita tomondan yutadi: 1. Brauzerda Google akkaunt bilan ishlatish mumkin (Discord shartmas) 2. Interfeysi juda qulay - turli prompt’larni o’zi taklif qilyapti. Bir xil prompt ishlatilganda Midjourney rasmlari ancha aniqroq va sifatliroq hozircha. Hozircha 😊 ImageFX bilan taqdim qilingan yana ikkita uskunalari musiqa va matn uchun mo’ljallangan: MusicFX, TextFX. Masalan, eshitishni xohlayotgan musiqaning tavsifini bersa MusicFX musiqa generatsiya qilyapti, lekin haqiqiy musiqaga hozircha erta. @farhodjon#ai