Isi
Tell me about a time… Intervyu jarayonida odamlarning tajribasini bilish nisbatan oson: kod yozdirish yoki rezyume/portfoliosiga qarab bilimini taxminan aniqlasa bo’ladi. Lekin aniqlash nisbatan qiyin bo’lgan narsalardan biri - odam turli vaziyatlarda qanday qaror qabul qilishi. Buni savollar orqali bilishning usuli “Tell me about a time…” formatida savol berish. O’zbekchasiga: “…(bo’lgan vaqt) haqida aytib bersangiz.” Savol ko’proq aynan o’sha vaqt haqidamas, intervyudan o’tayotgan odamning o’sha holatdagi tajribasi va u qanaqa qarorlar chiqarganini aniqlashga yordam beradi. Misollar: - Tell me about a time when you proactively brought a best practice to the team (komandangizga eng yaxshi amaliyotlardan birini olib kelganingiz haqida aytib bersangiz) - Tell me about a time when you improved a customer experience significantly (foydalanuvchi tajribasini sezilarli ravishda yaxshilagan vaqtingiz haqida so’zlab bersangiz) - Tell me about a time when you had a conflict with team members on the things that you believe should be different (komanda a’zosi (-lari) bilan siz boshqacha bo’lishi lozim deb hisoblagan narsangiz ustida munozara haqida aytib bersangiz) - Tell me about a time when you made the biggest failure (eng katta muvaffaqiyatsizlikka uchragan vaqtingiz haqida aytib bersangiz) Har qanday intervyu ikki tomonlama intervyu bo’lishini hisobga olsak, ishga kirayotgan odam ham xuddi shu formatda kompaniya turli vaziyatlarda qanaqa qarorlar chiqarishini o’rgansa bo’ladi. @farhodjon#hiring