TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #674

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan1,220Jumlah tampilan
Diposting29 Apr29/04/2024, 00.30
Isi postingan

Isi

2022-yilda o’g’lim boradigan Trailwood Elementary School (Trailwood boshlang’ich maktabi) ochiq eshiklar kuni o’tkazgandi. Birinchi marta maktabning hamma detallarini o’shanda bemalol ko’rishga muvaffaq bo’lgandik. Quyida birinchi taassurotlar asosidagi fikrlarim: 1. Maktabda qorovul yo’q. Maktab eshiklari avtomatik yopiladi va administrator zarur bo’lganda tashqaridagi odamni kiritishi mumkin. 2. Ota-onalar maktab tashqarisidagi piknik stollarida bolalari bilan tushlik qilishi mumkin. 3. Maktab devorlari va sinf xonalarida yaxshi, pozitiv xabarlar yozilgan. 4. Umuman, hamma xonalar va koridorlarda juda yaxshi detallarni ko’rish mumkin va sifatli dizayn qilingan. 5. Sinfda bolalar stol atrofida o’tiradi va birga ishlashadi. Odatda, bir sinfda 20 ta atrofida bola. 6. Hamma o’quvchilar maktabdan iPad oladi (turli onlayn materiallardan foydalanish uchun). 7. O’quvchilarning maxsus ochiq shkaflari va narsalarni saqlaydigan joylari mavjud. 8. Sinfda turli o’yinlar bor. Bu - umumiy davlat maktabi (public school). Xususiy maktablarda sharoit va talablar boshqacha bo’lishi mumkin. Masalan, ba’zi xususiy diniy maktablarda maktab formasi bor. Yana bir detal maktabning qanaqa qurilgani (so’nggi suratda). Maktab juda mashinaga moslashtirilgan. Maktabga tegishli yo’lning alohida kirish va chiqishi bor, yana ikkita parkovka mavjud - 1 va 4. Kirish ikkita tomondan (2 va 3), lekin maxsus bayramlardan tashqari faqat bittasi foydalaniladi. O’quvchilarni olish uchun kiraverishda (5) maktab xodimi qaysi o’quvchi chiqishini bildiradi va mashina eshikka yaqinlashguncha o’quvchi chiqib turadi. Kirishga ikki tomondan kelayotgan mashinalar esa tabiiy ravishda ketma-ket o’tishadi - juda tartibli. @farhodjon#usa