Isi
Shu paytgacha demolariga qarab eng yaxshi sifatdagi matndan video (text-to-video) yaratadigan Sora modeli, hozircha, yopiq. AQShda kuzda bo’ladigan saylovlar oldidan turli feyklar ko’payib ketmasligi uchun OpenAI modelni faqat cheklangan odamlarga bergan. Lekin yaqinda ikkita yangi model paydo bo’ldi va ularni sinab ko’rish mumkin. Kling - bu model xitoylardan (1-video). Videoning sifati Sora’dan qolishmaydi. Saytida demolari va xitoychani tushunadiganlar sinab ham ko’rishi mumkin: https://kling.kuaishou.com/en Luma Dream Machine - Luma AI tomonidan ishlab chiqarilgan. O’ta darajada realistikmas, lekin turli fantastikaga o’xshagan janrlar uchun bu juda mos. Sun’iy intellekt yaratayotgan narsalarni “real” deyishga kelishmadik, menimcha :) Google orqali ro’yxatdan o’tib bu yerda sinab ko’riladi: https://lumalabs.ai/dream-machine Antiqa davrda yashayapmiz.