TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #699

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan1,330Jumlah tampilan
Diposting2 Agu02/08/2024, 00.39
Isi postingan

Isi

Gazeta.uzyozishicha, Toshkent metrosining “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” bekatlariga Ilya Birman tomonidan dizayn qilingan yangi navigatsiya o’rnatilgan. Menimcha, bu Toshkent dizayni uchun juda yaxshi qadam. Eskirgan va chala dizaynerlar tomonidan qilingan dizaynlardan shahar charchagan. Yagona muammo - navigatsiyani metropolitenmas, TBS va Payme sarmoyasi asosida qilingani va navigatsiyada yaqqol reklama borligi. Xalq uchun shundoq ham berilishi kerak bo’lgan narsani xususiy kompaniyalar tomonidan bajarilishi g’alati - davlat o’zining vazifasini birovga yuklayapti. Ertaga boshqa kompaniyalar xohlasa, logo almashadimi? Turli bekatlarda turli logolar turadimi? Avvalroq, Ilya Birman Toshkent metrosining sxemasini ham qilgandi. Sxemani uyalmasdan ofis yoki uyga poster qilib osib qo’ysa bo’ladigan darajada: https://ilyabirman.ru/tashkent-metro/ PDF faylini yuklan ham olsa bo’ladi: tashkent-metro-map-2024-1.pdf @farhodjon#design