TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
AQShdagi yaxshi tajribalardan biri - o’rindiqlarga homiylik qilish. Dunyoning eng asosiy parki - Nyu-Yorkning Markaziy parkidan tortib kichikroq parklar yoki haykingga mo’ljallangan so’qmoqlargacha shunaqa o’rindiqlarni uchratish mumkin. Odamlar uchun foydasi: kutilmagan joylarda ham o’rindiqlar dam olishga yordam beradi. Homiylar uchun foyda: biror yaqin odamining (yoki o’zlarining) xotirasi uzoq yillarga muhrlanadi - qanaqadir qabristondamas, odamlarga foyda keltiradigan joyda. Hukumat uchun foyda: homiylar hukumat ishini qiladi va g’azna uchun qo’shimcha daromad. Markaziy parkda va atrofidagi o’rindiqqa homiylik qilish narxi: $10 000. Bizning Johnson County tasarrufidagi parklarda homiylik: $3 000. @farhodjon