TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #707

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan1,200Jumlah tampilan
Diposting26 Agu26/08/2024, 01.36
Isi postingan

Isi

Teenage Engineering 2005-yilda Shvetsiyada tashkil topgan Teenage Engineering kompaniyasi elektronika qurilmalari chiqaradi: asosan, sintezatorlar va boshqa musiqaga oid qurilmalar. Mahsulotlarining dizayniga juda boshqacha yondoshadi. Apple, Braun kompaniyalari dizaynidan qolishmaydi. Kompaniya boshqa brendlar bilan ham hamkorlik qiladi. Masalan, IKEA bilan Frekvens, Panic bilan playdate, Nothing bilan esa Ear (1) dizaynlari ustida ishlagan. Hatto ko’pchilik xush ko’rmagan rabbit r1 ham Teenage Engineering bilan yaratilgan. Yaqinda kompaniya EP-1320 Medieval sintezatorini taqdim qildi. Dizaynda o’rta asrlar ruhini berish uchun qattiq mehnat qilingan: yozuv, shrift, ranglar. Hatto LED ekran ham maxsus raqamlarni ko’rsatishga mo’ljallangan. Ko’rib ko’z zavq oladi! Mahsulotlaridan ilhom olish uchun bu yerga boramiz: https://teenage.engineering/products Ishini muhabbat bilan qiladigan odamlarni juda hurmat qilaman 💛 @farhodjon#design