Isi
Pasxa tuxumi Film yoki o’yinlarda maxfiy yoki juda yaqqol bo’lmagan narsalar qoldiriladi - pasxa tuxumi (inglizchada “easter egg”). Bu - xristianlarning Pasxa bayrami va tuxum ovlash an’anasiga bog’liq: maydonda tuxumlar yashirib chiqiladi va odamlar shu tuxumlarni topishi kerak. 2016-yilda hazil tariqasida yangi o’zbek alifbosini quyidagicha yozgandim: abdefghijklmnopqrstuvxyz6g’w4ng Rasmiy alifbolardan (ko’plikda, ha) farqi - nisbatan xalq harflari ishlatilgan: o’ - 6, sh - w, ch - 4. 2019-yilda esa shu alifbo uchun poster qilgandim. Posterni bir nechta nusxada chop qilib tanishlarimga ham berganman. Xullas, bu yil 3-sinf darsligida shu poster pasxa tuxumi sifatida ishlatilgan. Quyida tanishim olgan rasm. Rasmdagi o’qituvchining orqasida kaminai-kamtarinning posteri osilgan. ChatGPT orqali qilingan hisob bo’yicha, endi bu poster taxminan 900 000 ta kitobda. Bunaqa nashrda men chop qilolmasdim 😅 @muhrim shu haqida xabar berganida rosa kuldim. Rasmni ko’rgandan keyin muammo unchalik kattamasligini tushundim. Menimcha, oddiy e’tiborsizlik orqali o’tib ketgan.