TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #730

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan1,110Jumlah tampilan
Diposting7 Jan07/01/2025, 23.10
Isi postingan

Isi

Yaxshi muammo Ingliz tilida “it’s a nice problem to have”, degan ibora bor. Biror muammoga duch kelganda va bu yaxshi alomat yoki yaxshi natijaning asosi bo’lganda aytiladi. Deylik, kompaniya juda tez o’syapti va kuchli mutaxassislar yetishmayapti. Bu - bo’lishi yaxshi muammoga kiradi (shu muammo borligiiga shukr:). Wall Street Journal yozishicha, AQShning raketa uchiradigan maydonlarida tirbandlik (!) paydo bo’lish boshlangan. 2024-yilda orbitaga 145 marta uchish bo’lgan. 2017-yilga solishtirganda 5 marta ko’p. Raketa qurish, ularni uchirish, koinotni o’rganish o’ta murakkab sohaligini hisobga olsa, bu juda yaxshi muammo! Bu va keyingi 10 yilliklarda yaxshi natijalarni ko’ramiz. Insoniyat, olg’a! @farhodjon#koinot