TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #735

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan727Jumlah tampilan
Diposting20 Feb20/02/2025, 03.21
Isi postingan

Isi

2024-yilning sentabr oyida OpenAI’dan ketgan Mira Murati (texnik direktor - CTO) yangi kompaniya ochibdi: Thinking Machines. Xabarda yozishicha, qisqa qilib aytganda kompaniya sun’iy intellektni odamlarga tushunarli qilish va keng amaliy qo’llanishiga erishmoqchi. OpenAI jamoasidan chiqqan va kuzatib borishga arziydigan ikkinchi kompaniya. Avvalroq, asosiy jamoada bo’lgan Ilya Sutskever Safe Superintelligence (xavfsiz superintellekt) kompaniyasiga asos solgan. Xullas, OpenAI jamoasidan yaxshi startaplar kutamiz. Lekin, lekin... Mira Murati kompaniyasining nomi juda qiziq. Thinking machines - o’ylovchi mashinalar - Dune kitoblaridagi sun’iy intellekt uchun ishlatilgan termin. Birinchi kitobda ro’y beradigan voqealardan 10 000 yil oldin odamlar sun’iy intellektga qarshi salb yurushi uyushtiradi va hamma o’ylovchi mashinalarni yo’q qiladi. Shu voqeadan keyin butun galaktikada kompyuterlar ta’qiqlangan. Shu salb yurishining yana bir nomi: Butlarian Jihad - Batlarian jihodi. Kitob muallifi Yaqin Sharq va arab madaniyatidan ilhom olgan. Aytgandek, birinchi kitob 1965-yilda nashr etilgan, sun’iy intellekt bosh ko’tarsa “hech kim ogohlantirmagandi”, deydiganlar uchun eslatma 😀 @farhodjon#ai