TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #742

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan1,320Jumlah tampilan
Diposting9 Mar09/03/2025, 23.45
Isi postingan

Isi

1970-yilda yapon robototexnika professori tomonidan “g‘ayritabiiy vodiy” (inglizcha: uncanny valley) atamasi taklif qilingan. Bu tushuncha odamga juda o‘xshash, lekin yetarlicha mukammal bo‘lmagan obyektlar bezovtalik yoki jirkanish hissini uyg‘otishini anglatadi. Masalan, oddiy qo‘g‘irchoqlar yoki multfilm qahramonlari yoqimli tuyuladi, lekin odamga juda o‘xshash android robotlar yoki noaniq realizmga ega CGI qahramonlar ko‘pincha noqulaylik hissi uyg‘otadi. Bu hodisani filmlardagi grafikadan ham kuzatish mumkin — animatsiya qahramonlari odatda yoqimli qabul qilinadi, ammo realizmga juda yaqin, lekin mukammal bo‘lmagan sun’iy tasvirlar ko‘pincha g‘alati tuyuladi. Sesame kompaniyasi esa g‘ayritabiiy vodiyni yengib o‘tish maqsadini qo‘ygan. Ular ishlab chiqarayotgan muloqot interfeyslari inson nutqiga iloji boricha tabiiyroq o‘xshash bo‘lishiga harakat qilmoqda. Kompaniya ayni paytda aqlli ko‘zoynak ustida ham ishlamoqda. Yuqoridagi videoda ChatGPT ovoz rejimi (ayol) va Sesame demosini (erkak) gaplashtirib ko‘rdim. Sesame ovozi va muloqoti nihoyatda tabiiy, lekin aynan o‘ta ideal bo‘lgani sababli biroz ikkilantirishi mumkin. Texnik tafsilotlar va demo: Crossing the uncanny valley of conversational voice @farhodjon#ai