Isi
WWDC25 Oyning boshida bo’lgan Apple’ning konferensiyasi haqida fikrlarimni yozmabman; endi mavridi keldi. Albatta, eng katta o’zgarish - yangi dizayn tili - Liquid Glass (suyuq shisha). O’ziga xos, dinamik material bo’lishidan tashqari, yangi dizayn Apple ekotizimini yagona ko’rinishga olib kelyapti. Juda ko’p elementlar, hatto ikonkalar ham yagona stil asosida quriladi. Yangi dizayn “neomorfik” deyiladi: neo (yangi) va skeuomorphism so’zlarining birikmasi. Shaxsan menga yangi dizayn juda yoqyapti. Tugma bilan matnni ajratish qiyin bo’lgan tekis dizayndan ancha yaxshi. Liquid Glass kelajak qurilmalari uchun ham juda mos. Virtual yoki to’ldirilgan reallik qurilmalaridagi interfeyslar muhitning bir qismiga aylanishi kerak. Yangi dizayn AR qurilmalardagi real dunyo va foydalanuvchi orasiga yaxshi joylashadi. Sun’iy intellekt bo’yicha va’dalar sal ehtiyotroq, lekin Apple’ning maxfiylik bo’yicha prinsiplarini davom ettiryapti: qurilmaning o’zida ishlaydigan lokal modellar ilovalarga ochilyapti, telefonda spamga avtomatik javob berish, tarjimalar va hokazo. - To’liq keynote - 1,5 soat: WWDC 2025 — June 9 | Apple - Verge nashridan qisqartirilgan video: Apple WWDC 2025 keynote in 28 minutes Dizaynerlar uchun quyidagi videolarni tavsiya qilaman: - Meet Liquid Glass - Create icons with Icon Composer - Get to know the new design system - Design foundations from idea to interface Dasturchilar uchun: - Platforms State of the Union - What’s new in Swift - What’s new in SwiftUI - Build a SwiftUI app with the new design - Discover machine learning & AI frameworks on Apple platforms - Code-along: Bring on-device AI to your app using the Foundation Models framework Bento qutilari MacStories saytidan olindi. @farhodjon