Isi
Google’ning Nano Banana Pro modeli yaqinda bir shov-shuv qilvoldi. Generatsiya qilayotgan rasmlari va “ijodi” yaxshigina yuqori darajada. Peyzaj yoki odamlarni generatsiya qilishidan ko’ra, notabiiy va ijod talab qilinadigan rasmlari ko’proq qiziqtirdi. Eng yaxshi misollardan birini Pavol Rusnak keltirdi. Quyidagi promptda shahar nomini o’zgartirib Nano Banana Pro’ga berilsa, juda chiroyli detallar bilan izometrik rasm tayyorlab beryapti. Toshkent uchun tayyorlangani - birinchi rasm. Shriftni hisobga olmasa, hamma detallari ajoyib! CITY=Tashkent,Uzbekistan Present a clear, 45° top-down isometric miniature 3D cartoon scene of [CITY], featuring its most iconic landmarks and architectural elements. Use soft, refined textures with realistic PBR materials and gentle, lifelike lighting and shadows. Integrate the current weather conditions directly into the city environment to create an immersive atmospheric mood. Use a clean, minimalistic composition with a soft, solid-colored background. At the top-center, place the title “[CITY]” in large bold text, a prominent weather icon beneath it, then the date (small text) and temperature (medium text). All text must be centered with consistent spacing, and may subtly overlap the tops of the buildings. Square 1080x1080 dimension. Xuddi shu promptni kuni kecha chiqqan GPT Image 1.5 modeliga berib ko’rdim. Natija - ikkinchi rasm. Kirroq, artefaktlar ko’p, binolarning shakllari buzilgan, qora bulut, negadir faqat 2024-yil 24-aprelni ko’rsatyapti. Xullas, Nano Banan Pro > GPT Images. Yana bir qilgan tajribamda yuqoridagi promptni ozroq o’zgartirib, Gemini’dan miniatyura generatsiya qilishni so’radim. Natija - uchinchi rasm. Google’dan yaxshi marketing: X/Twitter’da turli promptlar va misollarni ko’rsatib odamlarni mahsulotdan foydalanish va rasmlarni bo’lishishga undayapti. Natija zo’r: ko’proq odamlar Gemini haqida bilyapti.