Isi
Har yili so’ralishi kerak bo’lgan 40 ta savol Adashmasam, 2024-yilning rejalarini tuzishimdan avval Steph Ango’ning (Obsidian dasturining asoschisi) har yili odam o’zidan so’rashi kerak bo’lgan 40 ta savolga duch kelgandim. Ikki yildan beri bu savollar o’tayotgan yilni qarab chiqib, xulosalar qilish va odam o’zi bilan juda xolis bo’lishi uchun yaxshi yordam beryapti (ingliz tilida bu jarayon “reflection” deyiladi). Ingliz tilidagi originali bu yerda: 40 questions to ask yourself every year. Quyida shu 40 ta savolning o’zbek tilidagi tarjimasi. Umid qilaman, sizlarga ham bu savollar juda foydali bo’ladi. 1. Bu yil avval hech qachon qilmagan qaysi ishni qildingiz? 2. Yangi yilga bergan va’dalaringizni bajardingizmi? 3. Biror yaqiningiz farzandli bo‘ldimi? 4. Biror yaqiningiz vafot etdimi? 5. Qaysi shahar, region yoki mamlakatlarga safar qildingiz? 6. Bu yil sizga yetishmagan narsalardan qaysi biri kelgusi yilda bo‘lishini xohlaysiz? 7. Bu yilning qaysi sanalari xotirangizda muhrlanib qoladi va nega? 8. Yil davomidagi eng katta yutug‘ingiz nima bo‘ldi? 9. Eng katta muvaffaqiyatsizlik nima bo‘ldi? 10. Yana qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz? 11. Sog‘lig‘ingizda muammolar yoki jarohatlar bo‘ldimi? 12. Sotib olgan eng yaxshi narsangiz nima bo‘ldi? 13. Kimning xulq-atvori yoki harakati tahsinga loyiq bo‘ldi? 14. Kimning xatti-harakati sizni hayratda qoldirdi (salbiy ma’noda) yoki ranjitdi? 15. Pullaringizning asosiy qismi nimaga sarflandi? 16. Nimadan juda-juda hayajonlandingiz? 17. Qaysi qo‘shiq sizga doim shu yilni eslatib turadi? 18. O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda siz: baxtliroqmisiz yoki g‘amginroq? Boyroqmisiz yoki kambag‘alroq? Sog‘lomroqmisiz yoki aksincha? 19. Nima bilan ko‘proq shug‘ullanishni xohlaysiz? 20. Nimani kamroq qilishni xohlar edingiz? 21. Bayram kunlarini qanday o‘tkazyapsiz? 22. Bu yil kimnidir sevib qoldingizmi? 23. Hozir nafratlanadigan, ammo o‘tgan yili bunday bo‘lmagan biror kimsa bormi? 24. Eng sevimli serialingiz qaysi bo‘ldi? 25. O‘qigan eng yaxshi kitobingiz qaysi? 26. Yil davomida topgan eng katta musiqiy kashfiyotingiz nima bo‘ldi? 27. Sevimli filmingiz qaysi? 28. Sevimli taomingiz? 29. Nimani juda xohladingiz va unga erishdingiz? 30. Nimani xohladingiz-u, lekin erisha olmadingiz? 31. Tug‘ilgan kuningizni qanday nishonladingiz? 32. Nima yilingizni beqiyos darajada qoniqarli qilishi mumkin edi? 33. Bu yilgi shaxsiy kiyinish uslubingizni qanday tasvirlagan bo‘lardingiz? 34. Ruhiy muvozanatingizni saqlashga (yoki taslim bo‘lmaslikka) nima yordam berdi? 35. Qaysi mashhur shaxsga ko‘proq qoyil qoldingiz? 36. Qaysi siyosiy masala sizni ko‘proq tashvishga soldi yoki qiziqtirdi? 37. Kimni sog‘indingiz? 38. Siz tanishgan eng yaxshi yangi inson kim bo‘ldi? 39. Bu yil qanday muhim hayotiy saboq oldingiz? 40. Yilingizni sarlavha qilib beruvchi iqtibos (quote) qaysi? P.S.: shu tarjimani pull request qilib yuborib ham qo’ydim, tasdiqlangan keyin blogida havola sifatida paydo bo’ladi.