TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #788

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan1,690Jumlah tampilan
Diposting1 Jan01/01/2026, 20.49
Isi postingan

Isi

Har 10 yilda so’ralishi kerak bo’lgan 40 ta savol Xuddi har yili so’ralishi kerak savollardek, lekin bunisi har 10 yillik uchun: ayniqsa, 20-30-40 va hokazo yoshlarga to’lganda juda mos keladi. Bu savollar ancha chuqur va butun hayotiy tajribaga, odamning qadriyatlari va kelajagiga bog’liq. Savollar oddiy yoki oson emas. Har biriga javob berish yaxshigina qiynashi mumkin. Lekin, lekin, bunaqa savollarni beradigan odam hammaning ham yonidamas yoki ataylab ChatGPT’dan shunaqa savollarni so’rab ololmaymiz. Originali bu yerda: 40 questions to ask yourself every decade. O’zbekcha tarjimasi kaminai kamtarindan: 1. Agar yashashingizga atigi 6 oy qolgan bo‘lsa, nima qilgan bo‘lardingiz? 2. Agar sizda bir milliard dollar bo‘lsa, hayotingizni qanday o‘zgartirardingiz? 3. 10 yil avvalgi o‘zingizga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz? 4. 10 yildan keyin ham nimalar o‘zgarmay qolishini xohlaysiz? 5. 10 yildan keyin nimalar butunlay boshqacha bo‘lishidan umidvorsiz? 6. Sizningcha, mukammal baxt haqidagi tasavvur qanday? 7. Qachon va qayerda o‘zingizni eng baxtli his qilgansiz? 8. Har tong o‘rindan turishingizga nima turtki (motivatsiya) beradi? 9. Siz uchun xorlikning (azob-uqubat, kulfat) eng quyi (tub) nuqtasi nima? 10. Sizning eng ko‘zga ko‘ringan xislatingiz qaysi? 11. Eng katta qo‘rquvingiz nima? 12. O‘zingizdagi qaysi xususiyatni eng ko‘p qoralaysiz? 13. Boshqalardagi qaysi xususiyatni aslo qabul qila olmaysiz? 14. Qaysi vaziyatlarda yolg‘on gapirishingiz mumkin? 15. Sizning eng katta isrofgarchiligingiz nima? 16. Sizningcha, qaysi fazilat haddan tashqari yuqori baholangan? 17. Tashqi ko‘rinishingizda sizga eng yoqmaydigan narsa nima? 18. Agar o‘zingizda birgina narsani o‘zgartira olsangiz, u nima bo‘lardi? 19. Qaysi iqtidor yoki iste’dodga ega bo‘lishni juda xohlardingiz? 20. Odamlar siz haqingizda ko‘pincha nimani noto‘g‘ri tushunishadi? 21. Erkak kishida qaysi fazilatni yuqori baholaysiz? 22. Ayol kishida qaysi fazilatni yuqori baholaysiz? 23. Do‘stlaringizda nimani juda qadrlaysiz? 24. Hayotingizdagi eng katta yutug‘ingiz qaysi deb hisoblaysiz? 25. Agar dunyodagi barcha insonlarga bittagina sovg‘a bera olsangiz, u nima bo‘lardi? 26. Sizningcha, hayotingizdagi eng katta vaqt isrofi nima bo‘lgan? 27. Qanday ishni siz uchun og‘riqli bo‘lsa-da, lekin uni qilish arziydi deb hisoblaysiz? 28. Dunyoning qayerida yashashni juda xohlaysiz? 29. Sizning eng qimmatli boyligingiz nima? 30. Eng yaqin do‘stingiz kim? 31. Hayotingizdagi eng buyuk muhabbat kim yoki nima? 32. Hozir yashayotgan insonlar orasida kimga ko‘proq qoyil qolasiz (hurmat qilasiz)? 33. Badiiy asarlardagi sevimli qahramoningiz kim? 34. Qaysi tarixiy shaxsni o‘zingizga eng yaqin deb bilasiz? 35. Eng katta armoningiz nima? 36. Qanday vafot etishni xohlardingiz? 37. Hayotdagi shioringiz qanday? 38. Siz olgan eng yaxshi iltifot (maqtov) qaysi bo‘lgan? 39. Siz bilan sodir bo‘lgan eng omadli voqea nima? 40. Nima sizga umid bag‘ishlaydi? Ham yillik, ham 10 yillik savollarni javoblari bilan biror joyga yozib borishni qattiq tavsiya qilaman. Yil(lar) o’tganda fikrlash va qarashlaringiz qanaqa o’zgarib borishini kuzatish qiziq va foydali bo’ladi. Yangi yil muborak va yil davomida maqsadlarimizga erishishda kuch va quvvat yetarli bo’lsin hammamizga! Olg’a! 🥳