TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Yangi zamon kelganining yana bir tasdig’i: 2025-yilning dekabr oyida StackOverflow’da atigi 3862 ta savol qoldirilibdi. Bir yil oldin, 2024-yilning dekabrida 18 029 ta savol so’ralgan. Bunaqa kam savollar sayt asos solinganidan bir oy keyin, 2008-yilning avgustida bo’lgan ekan: 3749 ta. Eng ommalashgan paytida bir oyda 207 493 (!) ta savol so’ralgan; bu 2014-yilning mart oyi. Xulosa: LLM’lar, ayniqsa, koding agentlari dasturchilarga yetarlicha yordam beryapti. Manba: https://data.stackexchange.com/stackoverflow/query/1926661#resultSets