TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #790

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan956Jumlah tampilan
Diposting7 Jan07/01/2026, 23.48
Isi postingan

Isi

ChatGPT Health Apple ekotizimida doimiy ishlatadigan ilovalarimdan biri - Health. Apple soatidan yoki boshqa ilovalardan hamma tibbiy ma’lumotlar shu yerda yig’iladi va menga sog’lig’im haqidagi hamma narsani bilishim mumkin bo’lgan markazlashgan joy beradi. AQShda ba’zi laboratoriyalarda analiz topshirganda, natijalari to’g’ridan-to’g’ri Health’ga tushadi. Masalan, Quest Diagnostics (mashhur tarmoq) analiz natijalarini osongina import qilish mumkin. Har bir marker intervallari bilan ko’rsatiladi. O’tgan yili Toshkentga borganimda 1-2 analizlar topshirib, shularning natijasini Health’ga import qilgim keldi rosa. Maqsad: yillar davomidagi o’zgarishlarni aniq ko’rish mumkin va boshqa tibbiy ilovalarga bu natijalar ko’rinadi. Lekin, uni qilish uchun iOS ilove yaratish kerak, keyin natijalarni PDF’dan olib Health bilan moslab chiqish kerak va hokazo. Bu g’oya xayolimda sal yurdi, keyinroq juda kichik imkoniyatga o’xshab tuyuldi. Bugun esa OpenAI yangi imkoniyat taqdim qildi: ChatGPT Health. Shundoq ham sog’liq bo’yicha ishlatilayotgan, lekin chalkashib ketish oson bo’lgan ChatGPT endi: - Sog’liq bo’yicha chatlarni maxfiy va xavfsiz saqlaydi. - Laboratoriya natijalarini to’g’riroq tahlil qiladi va shifokor qabuliga tayyorlaydi. - Sog’lom yashash va davolanish bo’yicha maslahatlar beradi. Ertaroq sinab ko’rmoqchi bo’lganlarga: https://chatgpt.com/health/waitlist?openaicom_referred=true Umid qilaman, rasm yoki PDF natijalarini o’qib, Apple Health’ga yozish imkoniyati bo’ladi. Gemini modeli oxirgi paytlarda juda yaxshi ishlayapti, lekin aynan mahsulot sifatida ChatGPT haliyam hammadan oldinda.