Isi
Cursor’dan qiziq tajriba: Komanda GPT-5.2 modelini bir hafta davomida to’xtovsiz ishlatgan va 3 million qatordan ortiq kod (Rust tilida) yozilishi natijasida oddiy brauzer engine (motori - xuddi Chromium kabi) yaratilgan. • Yagona agentlarning cheklovlari tufayli, bu tajribada bir qancha agentlar parallel ishga tushirilgan • Agentlar bir ishni takrorlamasligi uchun umumiy fayldan foydalangan; har bir agent qilayotgan ishi haqida ma’lumotni shu faylga yozib qo’yadi • Agentlarni keyinroq ikki turga bo’lishgan: rejalashtiruvchi va bajaruvchi agentlar • Rejalashtiruvchi agentlar kodni tekshirib, topshiriqlar yaratish bilan shug’ullanadi • Bajaruvchi agentlar esa topshiriqni bajarishga fokus qiladi. Cursor tajribalari asosida aytishicha, GPT-5.2 uzoq, avtonom bajariladigan ishlar uchun juda yaxshi. Opus 4.5 esa to’xtab qolishi, ishni oxirigacha qilmasdan sal qing’irroq yo’llarini tanlashi va boshqaruvni tezda qayta olvolishi mumkin. Cursor blogida hamma detallari bilan yozilgan: Scaling long-running autonomous coding. O’zimning tajribam: Codex bilan uzoqroq bajariladigan ishlarni qilish juda yoqyapti. Meni hayron qoldirgan hodisa: unga topshiriq va audio fayl berilganda o’zi turli dasturlarni ishlatib, qo’shimcha skriptlar yozib tahlil qilyapti va muammoni to’g’ri aniqlab, keyingi qadamlarini yaxshi ko’rsatib beryapti. Masalan, sekin ishlaydigan testlarni bajarib, ularni optimallashtirib chiqish juda mos topshiriqlardan biri. Yoki butun kodni tahlil qilib, agentlar orqali kod yozishga moslab chiqishni (AGENTS.md, MCP, commands/skills) ham yaxshi bajaryapti. MCP va qo’l ostidagi uskunalar bilan juda kuchli yordamchiga aylangan.