Isi
Koding agentlari bo’yicha so’rovnoma natijalari Yaqinda o’tkazilgan uchta so’rovnoma haqida fikrlarim bilan bo’lishsam. Yuqoriroqqa chiqib natijalarni ko’rishingiz ham mumkin. 1. Claude Code yutdi. Men Cursor’ni taxmin qilgandim, lekin u ikkinchi o’rinni oldi. Cursor va Antigravity juda yaqin bir-biriga. Antigravity bepulligini sabab sifatida taxmin qilishim to’g’rimi? 2. Koding agent uchun litsenziyani 72% odam o’zi to’larkan. 3. Agent ishlatmaydiganlar uchun eng asosiy sabab - narxi qimmatligi. Yuqorida ikkinchi punkt bu muammoni 100% yechishi kerak. 4. Agent ishlatmaydiganlar uchun “boshqa sabab” ikkinchi o’rinda, lekin uning tagida nima yotibdi, hayronman. Endi-chi? Birinchidan,dasturiy ta’minot ishlab chiqaradigan kompaniyalar dasturchilarga zudlik bilan koding agentlardan foydalanadigan muhit yaratishi kerak: litzensiya berish, o’rgatish, eng yaxshi tajribalarni olib kelish, kompaniya ichida entuziastlardan foydalanish. Cursor litzensiyasi oyiga $40 turadi. Oyiga $3000 oylik oladigan dasturchining mahsuldorligini 20% ga ko’paytirsa, kompaniya oyiga $560 qo’shimcha qiymat oladi ($3000×0.20-$40). Ikkinchidan, agentlarga juda skeptik qarayotgan yoki avvalroq sinab ko’rib hafsalasi pir bo’lganlarga 1-2 hafta davomida yaxshilab tajriba qilishni maslahat beraman. Yaxshiroq kontekst berib, to’g’ri yo’l ko’rsatilsa, hozirgi modellarning sifati ancha yaxshi. Ayniqsa, oldindan birga reja tuzib ishlaganda. Uchinchidan, asta-sekin eng kuchli dasturchilar ham turli agentlar bilan kod yozishni boshlayapti. Linus Torvalds Antigravity orqali Python’da kod yozyapti. Yozdagi intervyusida sun’iy intellekt yaxshi kod yozishiga ishonmagan DHH (Rails asoschisi) ham endi turli agentlardan foydalanyapti. Kuni kecha Redis asoschisi blog postida (hamma o’qishi kerak) quyidagi maslahatni beryapti: I have a single suggestion for you, my friend. Whatever you believe about what the Right Thing should be, you can't control it by refusing what is happening right now. Skipping AI is not going to help you or your career. Think about it. Test these new tools, with care, with weeks of work, not in a five minutes test where you can just reinforce your own beliefs. Find a way to multiply yourself, and if it does not work for you, try again every few months. Gemini tarjimasi: Sizga birgina maslahatim bor, do‘stim. Nima to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqidagi qarashlaringizdan qat’i nazar, hozirgi voqelikni shunchaki inkor etish orqali vaziyatni nazorat qila olmaysiz. Sun’iy intellektni chetlab o‘tish sizga ham, karyerangizga ham yordam bermaydi. Bu haqda o‘ylab ko‘ring. Yangi vositalarni shunchaki o‘z fikringizni tasdiqlash uchun besh daqiqa emas, balki haftalab vaqt sarflab, sinchkovlik bilan sinab ko‘ring. O‘z samaradorligingizni bir necha barobar oshirish yo‘lini toping va agar bu safar o‘xshamasa, har necha oyda qaytadan urinib ko‘ring. @farhodjon#ai#vibecoding