TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #802

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan3,450Jumlah tampilan
Diposting25 Jan25/01/2026, 01.04
Isi postingan

Isi

Codex bilan uzoqroq bajariladigan ishlar O’tgan hafta Codex orqali uzoq bajariladigan loyiha ustida ishladim. Vazifalar bir nechta qismlardan iborat edi: • butun loyihadagi kod va arxitekturani o’rganish • MCP orqali boshqa uskunalardan kontekst olish • kerak bo’lganda vaqtincha kod yozib, SDK orqali ma’lumot to’plash va hokazo. Ishlash jarayonida kontekst asta-sekin to’lishini kuzatib turish yoqimsiz. Vazifani esa aniq hal qilishni xohladim. Jarayonni qulay va sifatli qilishga bu yordam berdi: 1. Codex bilan asosiy ochilgan sessiyada qoniqarli javoblarni olgandan keyin, hamma natijani alohida Markdown hujjatga yozishni so’radim. 2. Codex uzun hujjat tayyorladi; ichida maqsad, yechim, qilinishi kerak bo’lgan qadamlar, muammolarning ildizi va hokazo ma’lumotlar bor. 3. Keyingi bergan topshirig’im: shu hujjatdagi har bir qadam alohida bajarilishi mumkin bo’lgan mayda hujjatlarga bo’lib chiq. 4. Codex har bir qadam uchun 01-first-task.md, 02-second-task.md, 03-third-task.md kabi fayllarni yaratib chiqdi. 5. Bu fayllar aynan bitta topshiriq/qadam uchun tayyorlangan va men ularni alohida sessiyada bajarishim mumkin. Qo’shimcha kontekst sifatida asosiy hujjatga ham havola bor. 6. Codex’ni alohida ishga tushirib, har bir topshiriqqa alohida vazifa berdim: let’s work on 01-first-task.md. Bu usulning yana bitta yaxshi tomoni bor: topshiriqlarni parallel ishga tushirish mumkin. Terminalda 5-6 ta tabda har bir topshiriq bajarilaveradi. Xullas, odamlar yoki komandalar bilan ishlaydigan yaxshi tajribalar sun’iy intellekt bilan ham ishlaydi. Katta ishni maydalab qilish kerak 🙂