TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Kutilmaganda OpenAI o’zining koding agenti - Codex uchun alohida macOS ilovasini chiqardi bugun: Introducing the Codex app Interfeysi ChatGPT’nikini eslatvoradi, ko’p amallarni interfeysning o’zida ko’rish/qilish mumkin. Bir nechta agentlarni ishga tushirib yoki ma’lum vaqtda ishlaydigan qilib avtomatlashtirishga juda qulay. Terminal bilan ishlashni yoqtirmaydiganlar uchun juda yaxshi yangilik. Pulli obunasi bor foydalanuvchilari uchun 2 oyga limitlar 2 marta oshirilgan, ChatGPT’ni tekinga ishlatadiganlar ham sinab ko’rishi mumkin. Bu yerdan yuklab olamiz: https://openai.com/codex/ Boringlar, quringlar endi, qisqasi.